MA’LUMOTLAR BAZASI VA MA’LUMOTLARNI BOSHQARISH - MAVZU: RELYATSION ALGEBRA VA RELYATSION HISOBOT ELEMENTLARI.
RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASI - Ma’lumotlarning ralyetsion modali konsapsiyasi 1970-yilda E. F. Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
- Ma’lumotlarning ralyatsion modali asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
- Real dunyo obyektlari haqidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E. F. Kodd isbotlab berdi.
MA’LUMOTLARNING RELYATSION STRUKTURASI - Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun to‘plamlar nazariyasi ishlatiladi (birlashma, kesishma, farqlash, dekart ko‘paytma). Matematikadan ma’lumki, har qanday ma’lumotlarni tasvirlash ikki o‘lchovli maxsus turli bog‘lanishli — relyatsion jadvallar to‘plamiga keladi.
- Relyatsion model ma’lumotlarining eng kichik birligi — bu model ma’lumotlar qiymati uchun alohida atomardir.
- Bir xil turdagi atomar qiymatlar to‘plamiga domen deyiladi. Masalan, Reys nomeri domeni — butun musbat sonlar to‘plami.
- Ma’lumotlarni saqlash uchun jadvallar sonini minimallashtirishga intilish MBni yangilashda har xil muammolarga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarning relyatsion modeli uchun relyatsion algebra — munosabat amalida ishlashga qulay vosita mavjud.
- Relyatsion algebraning barcha amallarini bajaradigan ma’lumotlar ustida manipulyatsiya (ish olib boradigan) qiladigan tillar yaratilgan. Bu tillar orasida SQL (Structured Query Language — strukturalashtirilgan so‘rov tili) va QBE (Quere-By-Example — namuna bo‘yicha so‘rov) tillari eng ko‘p tarqalgan. Bu ikki til ham yuqori darajali til bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi kerakli ma’lumotlar bilan ish olib borishi mumkin.
- Sohalar ma’lumotlar bazasi — bu katta tashkilotlar axborot tizimlari hisoblanib, ular o‘zida bir necha o‘nlab MBni saqlaydi. Bu MB har xil bo‘limlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan kompyuterlarda joylashgan bo‘ladi.
- Amaliy ma’lumotlar bazasi — bu bir yoki bir nechta amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan berilgan ma’lumotlarni birlashtiruvchi ma’lumotlar bazasidir (masalan, moliya, talabalar, o‘qituvchilar va boshqalar haqidagi berilganlar bo‘lishi mumkin).
- MBni loyihalashning asosiy maqsadi — bu saqlanadigan ma’lumotlarni kamaytirish, ishlatiladigan xotira hajmini tejash va ko‘p qaytariladigan operatsiyalarni kamaytirishdir.
MA`LUMOTLARNI LOYIHALASHNING UCH BOSQICHI: - Konseptual ma`lumotlar bazasini loyihalash
- Logik ma`lumotlar bazasini loyihalash
- Fizik ma`lumotlar bazasini loyihalash
KONSEPTUAL MA`LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH. - - Korxanadagi barcha fizik mulohazalarni ma`lumotlar bazasi modelini qurish jarayoni.
- - Ma`lumot modeli bu foydalanuvchining alohida talablariga ma`lumotdan foydalanishni yaratish.
- - Konseptual model logik loyihalash bosqichi uchun axborotlarning asosi hisoblanadi.
LOGIK MA`LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH - Korxonada ma`lum bir ma`lumot modeli asosida ma`lumot ishlatilgan modelini qurish jarayoni, lekin muayyan MBBT va fizik bo`limlar bundan mustasno. Konseptual model mantiqiy ma`lumotlar bazasi modeli uchun tartibga keltirilgan va tuzilgan model hisoblanadi.
FIZIK MA`LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH - Ikkilamchi saqlash bo‘yicha ma'lumotlar bazasi amalga oshirishning tavsifini ishlab chiqarish jarayoni. Ma`lumotga samarali murojaatni tashkil qilishda bazalar o`zaro aloqasi fayl tuzilmalaridan foydalanishni tasvirlaydi. Bundan tashqari barcha o`zaro aloqadorlik chegaralari va xavfsizlik choralarini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |