Amaliy matematika” kafedrasida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha mustaqil ta’limning tashkil qilinishi va uslubiy ta’minoti haqida
Download 15.25 Kb.
|
Amat MT
“Amaliy matematika” kafedrasida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha mustaqil ta’limning tashkil qilinishi va uslubiy ta’minoti haqida Kafedrada fanlardan mustaqil topshiriqlarni (MT), amaliy, seminar, laboratoriya mashgʻulotlarida faolligi (DF) ni baholashda MT topshiriqlarni himoya qilish semestr davomida sillabus (ishchi fan dastur)ning tegishli boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻquv mashgʻulotlari davomida, fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib, kafedra tomonidan belgilanishi va grafik asosida oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan. Kafedra tomonidan fanlar boʻyicha mustaqil ta’lim quyidagi mexanizm asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan: Barcha fanlardan talabalar mustaqil ta’limi kamida 2 ta (3 ta boʻlsa, talabalarning kunlik mustaqil ta’lim bilan shugʻullanishi ta’minlanadi yoki fanning boblari boʻyicha ham mustaqil ta’limni qismlarga ajratish mumkin) mustaqil ish topshiriqlaridan iborat boʻlishi ta’minlangan. Har bir mustaqil topshiriqlarga ballar shu mustaqil ish topshirigʻining hajmidan kelib chiqib berilgan. Masalan, 20= 10+10 yoki 20=7+7+6, yoki 20=7+8+5. Mustaqil ish topshiriqlari oʻz ichiga nazariy mavzularni hamda amaliy topshiriqlarni olib, topshiriqlar soni fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatiga mutanosib boʻlishi ta’minlangan. Fanning xususiyati va mustaqil ta’limga ajratilgan soatdan kelib chiqib, fan boʻyicha topshiriqlar soni kafedra yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan. Mustaqil ishlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Fandan bajarilgan mustaqil ishni talaba koʻrsatilgan muddatlarda Hemis tizimiga joylaydi. Fan boʻyicha kafedra mudiri tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari (kamida 3 kishi: shu jumladan ma’ruza, amaliyot oʻqituvchilari va ekspert) har bir talabaning mustaqil ishining himoyasini (ogʻzaki taqdimot shaklida) oʻtkazadi va baholash mezonlariga asosan mustaqil ishning bahosini Hemis tizimiga qayd qiladi. Kafedrada fan boʻyicha ma’ruza va amaliyot oʻqituvchilariga mustaqil ta’lim topshiriqlarini individual ravishda har bir talabaga yetkazib berish hamda Hemis tizimiga joylashi yuklatilgan. Kafedra mudiri tomonidan fanlar boʻyicha talabalarning mustaqil ish topshiriqlarini qabul qilish va himoya qilish grafigi ishlab chiqilgan. Kafedrada olib boritlayotgan fanlardan mustaqil ishlarni tashkil qilish, rasmiylashtirish va baholashlarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilgan. Download 15.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling