Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 0.62 Mb.
|
7-20 guruh talabasi Abdumajitova Ziyoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy Matematika” bakalavr yo‘nalishi “Algoritmik tillar va dasturlash asoslari” fanidan
- bosqich 7-20 guruh talabasi:Abduumajitova Ziyodaxon Qabul qildi: Abduraimov.D
- KIRISH
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKUL'TETI AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI “Amaliy Matematika” bakalavr yo‘nalishi “Algoritmik tillar va dasturlash asoslari” fanidan KURS ISHI MAVZU: Professor o'qituvchilarning yillik yuklamasini hisoblash bosqich 7-20 guruh talabasi:Abduumajitova Ziyodaxon Qa'bul qildi: Abduraimov.D Kurs ishi bo‘yicha talaba bahosi: Kurs ishi topshirilgan sana: MUNDARIJA OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 1 KURS ISHI 1 KIRISH 3 1.3 C# dasturi va uning imkoniyatlari 11 Qisqartirilgan 13 SHART OPERATORLARI 13 if..else operatori 13 if 14 Case operatori 14 SIKL OPERATORLARI 15 For operatori For 17 Break buyrug'i 17 Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me'yorlari 25 Birinchi ma'lumotlarni kiritamiz 33 Kirish tugmasini bosamiz! 33 Asosiy dasturda keltirilgan ma'lumotlarni belgilab chiqamiz va kiritish tugmasini bosamiz. 35 KIRISH Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-sentabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash, shuningdek, Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarda ta'lim sifatini oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Yig‘ilishda videokoferensaloqa orqali Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Abdulla al-Gergaviy ham ishtirok etdi. Dastlab IT sohasida kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Ma'lumki, “raqamli iqtisodiyot" kelgusi besh yilda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy drayveri sifatida belgilab olindi. Barcha soha va hududlarda “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish boshlandi. Bu borada hozirga qadar hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Yil boshidan buyon IT-park rezidentlari soni 35 foizga ko‘payib (482 ta), ularda 6 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Joriy yil 8 oyida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar hajmi 2,4 baravarga, ularning eksporti 3,3 baravarga oshib, 26 million dollarga yetdi. Shu bilan birga, kelgusi 3 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida yana 300 ta yangi loyihani amalga oshirish belgilangan. Ushbu loyihalarni to‘liq amalga oshirish uchun sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada, Dubay Kelajak fondi ishtirokida “Bir million dasturchi” loyihasi tatbiq etilmoqda. bugungi kunga qadar loyiha doirasida 567 ming yoshlar uchun bepul ta'lim olish imkoniyati yaratilib, ularning 217 ming nafari sertifikat oldi. Misol uchun, Navoiy, Andijon va Qoraqalpog‘istonda sertifikat olgan yoshlar soni eng ko‘p. E'tiborlisi, loyiha ishtirokchilarining 446 ming nafarini (79 foiz) maktab o‘quvchilari tashkil etadi. “Bir million dasturchi” loyihasini samarali amalga oshirishda Birlashgan Arab Amirliklari ishtiroki katta ahamiyat kasb etib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning yorqin ifodasiga aylandi. Prezident zamonaviy IT, qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi eng ilg‘or yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgani uchun Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga, jumladan, vazir al-Gergaviyga tashakkur izhor qildi. Yig‘ilishda BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Abdulla al-Gergaviy so‘zga chiqib, O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish hamda kelgusida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini ta'kidladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling