SO’Z BOSHI
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan va hozirda amalda bo’lgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzliksiz ta’lim tizimini isloh qilishning yangi davrini ochganligi tabiiydir.
Xozirgi vaqtda jamiyat rivojlanishining ko’p jabhalarida ulkan hajmdagi axborotlar bilan ishlashga to’g’ri kelmoqda.
Nartijada, ushbu axborotni saqlashda, himoyalashda va berilgan talablarga ko’ra hulosa chiqarishda, katta muammolar yuzaga kelmoqda. Axborot tehnologiyalarining rivojlanishi ushbu muammolarni samarali echish usullarini ochib berdi.
Xususan, mukammal matematik asosga ega bo’lgan berilganlar bazasini boshqarish tizimlarini va ular bilan ishlovchi tehnologiyalarning yaratilishi natijasida, ulkan hajmdagi, turli strukturali axborotni saqlashning ishonchli, arzon va samarali imkoniyatlari vujudga keldi. Axborot bilan ishlash uchun berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish qo’yidagi qulayliklarni keltirib chiqaradi:
Har hil formatdagi katta hajmli axborotlarni ancha rasional usulda saqlash.
Axborotlarga tez kira olish imkoniyatini olish.
Yopiq axborotga kafolatli cheklovlar qo’yish.
Kompyuter tarmog’ida axborot bilan ishlash uchun klient / server arhitekturasiga asoslangan dasturlar yaratish.
Kompyuterlar bilan bog’liq va kompyuter yordamida juda tez amalgam oshirish mumkin bo’lgan shunday masalalar turkumi mavjudki, ular bilan har kuni va har qadamda tog’ri kelish mumkin.
Bunday masalalar turkimi berilganlar bazasi deb ataladi. Berilganlar bazasini loyihalash, hosil qilish, ma’lum bir sistemaga keltirish, berilganlarni to’plash, tashkil etilgan bazadan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish masalalari bilan shug’ullanishni amalgam oshiradi.
Mavzu: BERILGANLAR BAZALARINI TASHKIL QILISH VA
BOSHQARISH TIZIMI
Reja
1. Berilganlar bazasi va uning tashkil etuvchilari
Do'stlaringiz bilan baham: |