Saralash – bu massiv elementlarini biror qonuniyat (o’sish,kamayish, oxirgi raqami,bo’luvchilar,juftlari, toqlari …)ga asoslangan holda tartiblashga aytiladi. Umuman olganda saralashning maqsadi berilgan obyektlar to’plamini aniq bir tartibda guruhlab chiqish jarayoni tushuniladi.
Saralashning maqsadi keyinchalik, saralashgan to’plamni qidirilayotgan elementini topishdan iborat. Bu qariyb universal, fundamental jarayon. Biz bu jarayon bilan har kuni uchrashamiz – telefon daftaridagi saralash, kitoblar sarlavhasida, kutubxonalarda, lug’atlarda, pochtada, savdoda va x.k.
Har qanday saralash bu dastur demakdir va saralash presedurasining tafsivlarining baxosi dastur qanchalik yaxshi tuzilganiga bog’liq bo’ladi. Ikkita turli usullarning ish unimidagi farq “yaxshi” va “yomon” dasturlashtirilgan aynan bitta usul o’rtasidagilarga nisbatan bir necha kam bo’lishi mumkin.
Saralash presedurasi uchun sarflanadigan haqiqiy mashina vaqti massivlardan ko’rib chiqish, qiyoslash va sikllarni tashkil etish, ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirish kichik dasturlari, kichik dasturlarning aloqasi uchun bog’liq bo’ladi.
Bugun biz siz bilan massiv elementlarini saralashni ko’rib chiqamiz. Saralashning juda ko’p usullari mavjud. Ular turli to’plamlar uchun turlicha bo’lishi mumkin.
Massivni saralash uchun ishlatiladigan usul unga berilgan xotirani ixcham holda ishlatish lozim. Boshqacha qilib aytganda, saralanayotgan massiv xuddi shu massivni o’zida amalga oshirilishi lozim.
Saralash usullari kam mashina vaqtini talab qilishi lozim. Eng yaxshi tez algoritmlar tartibidagi saralashlarni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |