Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 18. 06-guruh talabasi Otajonova Oyzoda Sodiqjon qizining


ASOSIY QISM 1§ Saralash haqida ma’lumot va ularning qo’llanishi


Download 0.79 Mb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#212981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Otajonova Oyzoda Algoritmlar nazariyasi

ASOSIY QISM

1§ Saralash haqida ma’lumot va ularning qo’llanishi.


Saralashdan biz kundalik hayotimizda ko’p foydalanamiz. Masalan bozordan biror narsa harid qilishimizda, uning ko’proq narxi bilan qiziqamiz yoki ularni taqqoslaymiz. Bu narsalar bizga oddiy hodisa bo’lib qolgan, lekin biz siz bilan bu jarayon qanaqa miyamizda xosil bo’layotganligini bir o’ylab ko’raylikchi. Demak, oddiygina biz kunda foydalanayotgan harakatlarimizni dasturini tuzish uchun ko’p narsalarni bilishimiz va bizga aniq bir maqsadga yo’naltirilgan tartiblangan qoidalar yig’indisi zarur bo’ladi. Agar ma’lumotlar kompyuter xotirasida muayyan tartibda saqlanadigan bo’lsa, axborotga ishlov berish va uni izlash bilan bog’liq ko’p masalalar oddiyroq, tezroq va samaraliroq xal qilinadi. Bir qator xollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda aniq bo’lib, maxsus isbotlashlarni talab etmaydi. Agar lug’at yoki telefon ma’lumotnomasida so’zlar va familiyalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin bo’lishini tasavvur etish mumkin. Lekin ma’lumotlarni saralash zaruriyati masalasi har safar muayyan vazifasiga ko’ra xal qilinishi zarur. Bunda tashqi xotira qurilmalari imkoniyatlari, operativ xotira xajmi, ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi, ularni yangilab turish tezligi va ishlov berish harakteri kabilarni taxlil qilish zarur.

Turli ilovalarda tartibga solishning turli mezonlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlarga murojaat qilish ehtimolining qiymati, qancha tez-tez murojaat etib turishiga ko’ra tartibga solinishi mumkin. Odatda, tartibga solish yozuv bo’yicha amalga oshiriladi.

Axborot tizimlari bilan ishlov beriladigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot maydonidan iborat bo’lgan yozuv hisoblanadi. Yozuv faqat bittagina maydondan iborat bo’lishi mumkin va bu holda u kalitli hisoblanadi. Tartibga solish natijasida yozuvlar kalitlarning qiymati ortib borishi yoki kamayib borish tartibida joylashadi. Bunday tartibga solish jarayoni saralash deb ataladi. Masalan fakultet talabalari to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat bo’lgan yozuvlar talabalarning reyting daftarchalari nomerlari bo’yicha tartibga solingan bo’lishi mumkin.

Yozuvlar dastlabki ketma-ketligi turli darajada tartibga solingan bo’lishi mumkin. Balki yozuv elementlari belgilangan tartibda joylashgan bo’lishi mumkin.

Boshqa bir holatda elementlarga teskari, ya’ni yozuvlarning dastlabki ketme-ketligi teskari tartibda joylashgan bo’lishi mumkin. Yozuvlarning dastlabki ketma-ketligining qanday tartibda joylashganlik darajasiga ko’ra, solishtirishlar va joyini o’zgartirishlarning u yoki bu soni talab etiladi.

Saralash usulini baholashda solishtirishlar va o’rnini o’zgartirishlarning eng ko’p va kam sonlilarini topish juda oson. Bu operatsiyalarning o’rtacha sonini aniqlash uchun kombinatorikaning tegishli bo’limlarini jalb etish zarur.

Odatda, saralash jarayonida bajariladigan solishtirish operatsiyalarining o’rtacha soni va elementlarining o’rnini almashtirish yoki o’zgartirishning o’rtacha soni turli usullarni baxolash mezonlari xisoblanadi. Saralash samaradorligi solishtirishning o’rtacha soniga bo’linmasi sifatida aniqlanadi.

EXM larning operatsion tizimlari, hech bo’lmaganda, bitta dastur – saralash utilitasidan iborat bo’ladi. Lekin ma’lumotlarga ishlov berishning muayyan vazifalarini xal qilishda utilita taklif etilayotgan usul yaroqsiz bo’lishi va boshqa usulni ishlab chiqish yoki foydalanishga to’g’ri kelishi mumkin. Shu munasabat bilan saralashning asosiy usullarini bilish va muayyan vazifa uchun yaroqli bo’lgan u yoki bu usulni baxolay olish muximdir.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling