2013 yil
Kafedrada faoliyat olib borgan M.M.Aripov shogirdi f.-m.f.n Turgun Azlarov O‘zbekiston qaxramoni" unvoniga sazovor bo‘ldi.
2014 yil
Sh.I.Xodiyev – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti bo‘yicha dotsent.
M.M.Aripov hammualliflar S.Dottoyev va M.Fayziyevalar bilan yaratgan “Veb texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi uchun “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
M.M.Aripov Koreada o‘tkazilgan jahon matematiklari kongressi ishtirokchisi.
2015 yil
Professor Z.X.Yuldashev “Oliy taʼlim muassasalarining eng yaxshi pedagogi” Respublika ko‘rik tanlovini g‘olibi.
2016 yil
Z.R.Raxmonov fizika-matematika fanlari doktori.
Kafedra “Amaliy matematika va kompyuter tahlili” kafedrasi deb yuritila boshladi.
2017 yil
Kafedrada 2017 yilda Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida 1 ta fundamental, 1 ta amaliy va 3 ta innovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy tatqiqotlar olib borildi.
a) Fundamental dasturlar doirasida:
1. OTF-4-30 “Ikki marta nochiziqli kross sistemaning manba, konvektiv ko‘chish, o‘zgaruvchan zichlik, manba yoki yutish taʼsiridagi sifat xossalarini tadqiq qilish” nomli respublika miqyosidagi fundamental grant. (Loyiha rahbari: prof. Aripov M.)
b) Amaliy dasturlar doirasida:
1. A-5-44 “Kolmogorov-Fisher tipidagi nochiziqli biologik populyasiya sistemalarini sonli modellashtirish”. (Loyiha rahbari: prof. Aripov M.)
v) Innovatsion loyihalar dasturi doirasida:
3. I-2016-4-15. Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida foydalanishning dasturiy taʼminotini yaratish va tadbiq etish (Oliy taʼlim muassasalari misolida). (Loyiha rahbari: prof. Lutfillayev M.)
Fundamental dasturlar doirasida:
Avtomodel tahlil asosida Zeldovich-Kompaneys tipidagi (kross diffuziya uchun fundamental yechim) yechim kurildi. Kross sistema uchun Fujita tipidagi kritik ko‘rsatkich va Koshi masalasining global yechimi mavjudligi o‘rnatildi, manba yoki yutilishga ega hollar uchun kross-sistema yechimining lokallashish va chekli tezlikda tarqalish effekti o‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |