|
Oy nomerini ifodalaydigan 1-12 oraliqdagi son berilgan. Shu nomerga tegishli oyning qaysi faslga tegishli ekanligi aniqlansin.
|
|
Oy nomerini ifodalaydigan 1-12 oraliqdagi son berilgan. Shu nomerdagi oyga mos keluvchi (kabisa bo‘lmagan yildagi) kunlar soni aniqlansin.
|
|
Arifmetik amallar quyidagi ko‘rinishda nomerlangan. 1 “qo‘shish”, 2 “ayirish”, 3 “ko’paytirish”, 4 “bo’lish”. a va b (b≠0) haqiqiy sonlari hamda n butun soni (n [1,4]) berilganda n ga mos keluvchi amal bajarilsin va natija chop etilsin.
|
|
Uzunlik birliklar quyidagi ko‘rinishda nomerlangan: 1-km, 2-m, 3-dm, 4-sm, 5-mm. Kesma uzunligi l (haqiqiy) va uning birligi n butun (n [1;5]) sonlari berilgan bo’lsa, uning metrdagi qiymati hisoblansin.
|
|
Massa birliklari quyidagi ko‘rinishda nomerlangan: 1-mg, 2-gr, 3-kg, 4-sentr, 5-tonna. Jism massasi m (haqiqiy) va uning birligi n butun (n [1;5]) sonlari berilgan bo’lsa, uning kg dagi qiymati hisoblansin.
|
|
Uchta son berilgan. Ularning ikkita kattasining yig‘indisi chiqarilsin.
|
|
Haqiqiy turga tegishli uchta a, b, c o‘zgaruvchilar berilgan. Agar o`zgaruvchilarning qiymatlari o‘sish tartibida joylashgan bo‘lsa, ularning qiymatlari ikki marta oshirilsin, aks holda har bir o‘zgaruvchining qiymati teskarisi bilan almashtirilsin.
|
|
Haqiqiy turga tegishli uchta a, b, c o‘zgaruvchilar berilgan. Agar o‘zgaruvchilarning qiymatlari o‘sish yoki kamayish tartibida joylashgan bo‘lsa, har birining qiymati ikki martaga oshirilsin, aks holda o‘zgaruvchilarning qiymatlari qarama-qarshisi bilan almashtirilsin. O‘zgaruvchilarning natijaviy qiymatlari chiqarilsin.
|
|
Uchta butun son berilgan. Ulardan bittasi qolgan ikkitasidan ishoralari bilan farq qilsa, shu farq qiluvchi sonning tartib nomeri aniqlansin.
|
|
To‘rtta butun son berilgan. Ulardan bittasi qolgan uchtasidan farq qilsa (juft toqligi bilan) bu sonning tartib nomeri chiqarilsin.
|
|
Tekislikda butun sonlardan iborat koordinataga ega nuqta joylashgan. Agar u koordinata boshi bilan ustma-ust tushsa 0, Ox o‘qida joylashgan bo‘lsa 1, Oy o‘qida joylashgan bo‘lsa 2, aks holda 3, qiymat chiqarilsin.
|
|
Ox va Oy o‘qlarida yotmaydigan nuqta koordinatalari berilgan. Uning qaysi chorakka tegishli ekanligi aniqlansin.
|
|
Haqiqiy turga tegishli x o‘zgaruvchi berilgan. Uning qiymatiga mos keluvchi f funksiyaning qiymati topilsin.
|
|
Haqiqiy turga tegishli x o‘zgaruvchi berilgan. Uning qiymatiga mos keluvchi f funksiyaning qiymati topilsin.
|
|
Butun son berilgan. Uni satr ko‘rinishida “manfiy juft son”, “nol soni”, “musbat toq son” va hokazo shaklda chiqarilsin.
|
|
Berilgan x uchun quyidagi ifodalar qiymatlari o'sish tartibida chop etilsin: chx, 1+|x| va ;
|
|
va tenglamalar bilan berilgan chiziqlarning kesishish nuqtasi koordinatalarini chop etadigan yoki bu chiziqlarning kesishmasligi yoki ustma-ust tushishligi yoki parallelligi haqida ma'lumot beradigan dastur tuzilsin. Bu yerda a1 ,b1, c1 , a2, b2, c2 -berilgan sonlar.
|
|
tenglamaning haqiqiy ildizlarini topadigan yoki ildizi yo'qligi haqida ma'lumot beradigan dastur tuzilsin.
|
|
Agar tomonlarining uzunliklari ixtiyoriy a, b, s sonlarga teng bo'lgan uchburchakni qurish mumkin bo'lmasa 0, aks holda uchburchak teng tomonli bo'lsa 3, teng yonli bo'lsa 2 va boshqa hollar uchun 1 qiymatini chop qiluvchi dastur tuzilsin.
|
|
To‘g‘ri sanani ifodalovchi kabisa bo‘lmagan yilning (d) kuni va (m) oyi butun sonlar ko‘rinishida berilgan. Berilgan sanadan oldingi sana aniqlansin.
|
|
To‘g‘ri sanani ifodalovchi kabisa bo‘lmagan yilning (d) kuni va (m) oyi butun sonlar ko‘rinishida berilgan. Berilgan sanadan keyingi sana aniqlansin.
|
|
Robot to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi mumkin. (“1” Shimol, “2” G‘arb, “3” Janub, “4” Sharq); va uch xil buyruqni qabul qila oladi, ya`ni 0 harakatni davom ettirish, 1-chapga burilish, -1 o‘ngga burilish. Robotning yo‘nalishi c va unga uzatilgan buyruq n berilgan bo‘lsa, buyruqdan keyingi robotning holati aniqlansin.
|
|
Lokatr dunyoning biror tomoniga qaratilishga mo‘ljallangan (“1” Shimol, “2” G‘arb, “3” Janub, “4” Sharq ) va u uch xil sonli burilish buyruqlarini qabul qiladi: 1 chapga burilish, -1 o‘ngga burilish, 2 1800 ga burilish. Dastlabki yo’nalish - c va n1 hamda n2 buyruqlar berilganda, lokatrning buyruqlar bajarilgandan keyingi yo’nalishi aniqlansin.
|
|
Doira elementlari quyidagi ko‘rinishda nomerlangan: 1-radius, 2-diametr d=2r, 3-usunlik l=2рr, 4-yuza s= рr2. Bu elementlardan birining nomeri va son qiymati berilgan bo‘lsa, doiraning qolgan elementlari hisoblansin.( р=3,14)
|
|
Teng yonli to‘g‘ri burchakli uchburchak elementlari berilgan. 1-katet a, 2-gipotenuza c, , 3-balandlik h, (gipotenuzaga tushirilgan) , 4-yuza . Bu elementlarning birortasining nomeri va son qiymati berilganda, qolgan elementlarining qiymatlari hisoblansin.
|
|
Teng tomonli uchburchakning elementlari quyidagicha nomerlangan. 1-tomoni a, 2-radius r1, (uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusi ), 3-r2 (uchburchakka tashqi chizilgan aylananing radiusi r2=2r1), 4-yuza . Bu elementlarning birortasining nomeri va son qiymati berilganda, qolgan elementlarning qiymatlari hisoblansin.
|
|
Kartaning 6≤k≤10 dagi qismi o‘z holicha va 10 dan yuqori bo‘lgan qismi quyidagicha: 11-valit, 12-dama, 13-karol,14-tuz nomerlangan. Gullari esa quyidagicha nomerlangan: 1-toppon, 2-g‘isht, 3-chillik, 4-qarg‘a. Ikkita butun k (kartaning tartibi, 6≤k≤14) va m (karta guli 1≤m≤4) sonlari berilganda, ularga mos keluvchi karta nomi aniqlansin.
|
|
Yoshni anglatuvchi 10-99 oraliqda bo‘lgan butun son berilgan. Berilgan yosh so‘z bilan ifodalansin.
|
|
1-40 oralig‘idagi o‘quv masalasining tartib nomerini bildiruvchi butun son berilgan. Bu son satr ko‘rinishda ifodalansin.
|
|
100-999 oralig‘idagi butun son berilgan. Bu son satr ko‘rinishida ifodalansin.
|
|
Berilgan haqiqiy x o‘zgaruvchining qiymatiga mos keluvchi f funksiyaning qiymati hisoblansin.
|
|
Butun turga tegishli x o‘zgaruvchi berilgan. Uning qiymatiga mos keluvchi f funksiyaning butun qiymati hisoblansin.
|
|
Yil nomeri berilgan. Bu yildagi kunlar soni aniqlansin(ma’lumki kabisa bo‘lmagan yil 365 kundan, kabisa yili 366 kundan iborat).
|
|
Agar x va y sonlar teng bo'lsa, b mantiqiy o'zgaruvchiga 1 (rost), aks holda 0 (yolg’on) qiymati berilsin.
|
|
Berilgan a uchun f(x)=0 tenglamaning ildizini toping, bu yerda
|