Amaliy matematika yo’nalishi 21. 06-guruh talabasi Nosirova Shaxzoda Ilyosjon qizining


Download 0.83 Mb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1032042
  1   2   3   4
Bog'liq
Shaxzodaxon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI


Amaliy matematika yo’nalishi
21.06-guruh talabasi
Nosirova Shaxzoda Ilyosjon qizining
Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan
C# dasturlash tilida Dialog oynalaridan foydalanib dastur tuzish” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs rahbari: Islomov Erkinjon Revkatovich

Farg’ona shahri

MUNDARIJA




KIRISH
2020-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis oldida nutq soʻzlab, unda 2020-yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi.
Prezidentimiz oʻz murojaatida erishilgan natijalar haqida gapirib oʻtdi va kelgusi 5 yil ichida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Parlamentining vazifalarini ham belgilab berdi.
Oʻz nutqida u axborot texnologiyalari sohasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi:
“Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda.
2019-yilda “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” boʻyicha mamlakatimiz 8 pogʻonaga koʻtarilganiga qaramay, biz hali ham bu sohada juda orqada qolmoqdamiz. Aksariyat vazirliklarimiz va idoralarimizda, koʻpchilik korxonalarimizda hali ham raqamli texnologiyalar toʻlaqonli joriy etilmagan desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, katta mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Ammo, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz bu ishni bugun boshlashimiz kerak, aks holda ertaga juda kech boʻladi. Shu sababli raqamli iqtisodiyotga jadal oʻtish kelgusi besh yil uchun eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.
Maʼlumki, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulotlar va xizmatlar sifatini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, balki meni juda qattiq tashvishga soladigan eng jiddiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashda ham samarali vosita hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi davlat va jamiyat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bir soʻz bilan aytganda, odamlar hayotini tubdan yaxshilashga yordam beradi”.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek, IT-Park faoliyatining rivojlanishi va kelgusidagi infratuzilmasi haqida ham toʻxtalib oʻtdi:
“Ayni paytda Toshkentda zamonaviy infratuzmaga ega IT-Park tashkil etilmoqda. Biz hozirdanoq uning faoliyatining dastlabki natijalarini koʻrib turibmiz. Bunday “IT-Parklar” Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganchda ham tashkil etiladi”.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi IT-Parkka tashrifidan soʻng, uning qurilishining ikkinchi bosqichiga start berildi, buning natijasida 2022-yilga kelib IT-Parkning hududi 19 ta zamonaviy obyektlardan iborat binolar majmuasi joylashgan 7,8 gektar maydonni egallaydi.
Shuningdek, IT-Parkda bir nechta respublika miqyosidagi loyihalar amalga oshirilmoqda va ulardan biri IT-mutaxassisliklari boʻyicha bepul taʼlim beradigan oʻzbek tilidagi onlayn platforma – “One million Uzbek Coders” loyihasi hisoblanadi.
“Axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan hamkorlikda “1 million dasturchi” loyihasi yoʻlga qoʻyildi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Loyiha 2019-yil 1-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov va BAAʼning Hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gergavi tomonidan boshlab berilgan.
Ushbu platforma maxsus onlayn portal orqali keng aholi qatlami uchun bepul masofaviy taʼlim berishga moʻljallangan. Har kim unda taʼlim olish uchun ariza topshirishi mumkin. Dasturning maqsadi – raqamli texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar avlodini tayyorlash, ularni barcha vositalar bilan – dasturlash koʻnikmalari bilan qurollantirish.
Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng koʻp talabga ega boʻlgan quyidagi toʻrtta ixtisoslikni oʻz ichiga qamrab oladi: Maʼlumotlarni tahlil qilish, Android-dasturlash, FrontEnd-dasturlash va FullStack-dasturlash. Umumiy kurs 120 soatlik taʼlimga moʻljallangan. Har bir darajaning yakunida oʻquvchilar laboratoriya ishlarini tayyorlashi kerak boʻladi va shunga mos ravishda ularga sertifikatlar beriladi.
Maʼruzada shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini amalga oshirish uchun yangi lavozimlar yaratilishi haqida ham eʼlon qilindi:

“Bu barcha vazifalarni hisobga olgan holda, biz ikki oy ichida “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqishni yakunlashimiz kerak. Kelgusida ushbu ishlarni tizimli tashkil etishni boshqarish uchun Bosh vazir oʻrinbosari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari, hamda joylardagi hokimlarning oʻrinbosarlari singari alohida lavozimlar joriy etiladi”.



Oʻzbekiston Respublikasida yangi ish oʻrinlarini yaratish Prezident nutqining yana bir muhim qismi boʻldi. 2018-yilda ishsizlik darajasi 9,3 foizni, 2019-yilda esa 8,9 foizni tashkil etdi. Umumiy hisobda, oʻtgan yili 300 mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratildi.
“Shu bilan birga, hukumat joriy yilda davlat dasturlari doirasida 500 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni amalga oshirishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yuqorida aytib oʻtilgan qonun loyihalarida prezidentimizning axborot texnologiyalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganini koʻrishimiz mumkin. Haqiqatdan ham axborot texnologiyalari bu har bir davlatning kelgusida rivojlanishining asosiy poydevori hisoblanadi. Shuning uchun bizning mamlakatimizda ham axborot texnologiyalariga katta eʼtibor qaratilmoqda, yangi qonun loyihalari imzolamoqda va albatta bu sohani rivojlantirish uchun katta miqdordagi pul mablagʻlari ajratilmoqda. Xususan hozirda davlatimizda axborot texnologiyalarni rivojlantirishda eng katta qadamlardan biri IT ya'ni innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Chunki davlatimizni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalari ichida aynan innovatsion texnologiyalarni qollab tez va sifatli natijalar olish mumkin. Shuning uchun ham prezidentimiz IT sohasini rivojlantirish uchun har yili yangidan yangi qonun loyihalarini imzolab IT sohasini jadallik va rivojlantirib bormoqda. Xususan prezidentimizning farmoni bilan har bir tumanda alohida IT markazlar yoki buning ikkinchi nomi IT center lar tashkil qilinmoqda. Bu tumanlardagi markazlarda ushbu tumanidagi axborot texnologiyalariga qiziquvchilar taʼlim olishlari, oʻz qobiliyatini namoyon etib yangi narsalar kasb etishi mumkin. Davlatimiz tomonidan bunga toʻliq imkoniyat yaratilgan. Ushbu markazlarning tashkil qilinishi davlatimizdagi chekka qishloqlarda oʻsib ulgʻayayotgan va yaxshi taʼlim olayotgan oʻquvchi va talabalarga juda katta imkoniyat boʻldi. U orqali esa yosh avlodning bilimli qilib davlatimizni rivojiga hissa qoʻshishiga keng imkoniyat yaratib beramiz. Tumanlardagi markazlarda har bir axborot texnologiyalarga qiziqqan oʻquvchilarni oʻziga jalb qila oladigan imkoniyatlarga ega. Chunki bunday zamonaviy texnika bilan jihozlangan oʻquv maskanlaridan oquvchilar dunyo talablariga javob bera oladigan darajada oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari yaxshi sharoit har bir insonning yaxshi taʼlim olishining garovidir. Hozirda bu markazlarda kichik yoshdagi bolalar uchun robototexnika kurslari tashkil qilingan. Oʻrta yoki yuqori sinfdagi oquvchilar uchun axborot texnologiyalarning asosiy va qiziqarli bilimlardan boʻlgan web dasturlash kurslari tashkil qilingan. Eng muhimi esa bu markazlarda dasturlash ham oʻrgatiladi. Dasturlashga qiziqqan insonlar uchun turli xil dasturlash tillarida dunyo talablariga javob bera oladigan yangi metodlar orqali dasturlash orgatiladi. Dasturlash haqida gapirar ekanmiz koʻpchiligi inson dasturlash nima ekanligi va uning asl mohiyatini toʻla anglab yetmaydi shuning uchun avvalo dasturlash haqida maʼlumot bersak.

Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python ) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.


Dasturlash 1) elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashi-naga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik ko’rinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiy mashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash.
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga bog’liq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzga-ruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun simula, takomillashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qayta tuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi.
Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya f(x) ning ekstremumini (Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.
Joylanmagan tillar
Gentee
Basic
GBasic
Fortran
Obyektga qaratilgan tillar
Pascal
Delphi
C# dastrulash tili
Java
C++
Visual Basic
ActionScript
Python
Ruby
Pastki qavat tillari
Assembler
C
Skript tillar
Python
Java Script
VB Script
Lua
Veb uchun tillar va texnologiyalar
PHP
ASP
Perl
Django
MySQL
Bundan koʻrinib turibdiki,dasturlash tillari yigirma birinchi asr axborot texnologiyalari asrining aynan poydevori hisoblanadi. Chunki yuqorida taʼkidlangan dasturlash tillari va ularning turlari orqali aqlbovar qilmas darajadagi kashfiyotlar yaratib oladi.
Bu dasturlash tillari orasida ham biz eng koʻp sevib foydalaniladigan tillar mavjud. Bu til C# dasturlash tillari.
C # — Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan va 2002-yilda chiqarilgan umumiy maqsadli obyektga yo’naltirilgan dasturlash tilidir. Javaning sintaksisiga o'xshash. C # ning maqsadi, kompyuter vazifani bajarish uchun bajaradigan bir qator operatsiyalarni aniq belgilashdir.
Bugungi kunda C # nafaqat Windows dasturlash tilidir, balki veb-ilovalarni, Windows do'kon dasturlarini, iOS va Androidni o'z ichiga olgan mobil ilovalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan tildir. C # bundan ham ko'proq narsani amalga oshirishi mumkin.
C#- C sharpning xususiyatlari:
1. Avtomatik xotira boshqarish va axlat yig'ish.
Avtomatik xotira boshqarish va axlat yig'ish C #ning ikkita muhim xususiyatidir. C # bilan siz xotira ajratib qo'yishingiz yoki uni o’chirib yuborishingiz shart emas. Chiqindilarni yig'ish xususiyati shuni ta’minlaydiki, ishlatilmaydigan arizalar o'chiriladi va xotirada tozalanadi.
2. Obyektga yo’naltirilgan til.
Yuqorida aytilganidek, C# obyektga qaratilgan til hisoblanadi. Bu muammolarni yechishning oson imkonini yaratadi, boshqa tillardagiga o’xshab.
C# ko’p hollarda Javaga o’xshab ketadi. Uni Javaning asosiy raqibi desak ham bo’ladi. Ko’p dasturchilar tomonidan tavsiya qilingan.
Ushbu dasturlash tillari orqali biz yuqori sifatli va abatta eng samarali dasturlar tuzishimiz mumkin. Chunki bu dasturlash tilining xonalari ham juda koʻp va bu dasturlash tili boshqa dasturlash tillaridan oʻrganishga osonligi, foydalanishning qulayligi, imkoniyati kengligi, boshqa tillar bilan aloqasi, qoʻllab-quvvatlovchi kompaniyalar va resurslar koʻpligi, katta kompaniyalarning asosiy dasturlash tili ekanligi va yana koʻplab sabablarni misol qilishimiz mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling