Amaliy o’yinlar- kimyo fanini rivojlantirishda yordamchi vosita
Download 34.3 Kb.
|
3-sonli respublika konferensiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy pantomima
Amaliy o’yinlar- kimyo fanini rivojlantirishda yordamchi vosita 6- sho’ba Mavlyanova Gavhar Baxtiyorovna Buxoro viloyati Peshko’ tumani 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi Annotatsiya Ushbu maqolada kimyo fanida zamonaviy amaliy o’yinlardan foydalanish ularning dars mazmunini oshirishdagi xususiyatlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamaiyati haqida so’z yuritilgan .Shuningdek, ayrim didaktik o’yinlardan na’munalar keltirilgan. Kalit so’zlar: amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta‘lim, konseptual xarita,rolli o’yinlar, bumerang, masofali oqitish, blended learning (aralash o’qitish) Insoniyat paydo bo’libdiki, har doim rivojlanish uchun harakat qiladi,o’qiydi,izlanadi.Buyuk bobokalonlarimiz aytganlaridek, “Beshikdan to qabrgacha ilm izlash”har bir inson uchun azaliy qonuniyatlardan biridir.2020-yil 24-yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida 2020-yil “Ilm –ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi.Unga ko’ra ilm fanda matematika,kimyo, biologiya,geologiya fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib olimlarga barcha shart- sharoitlarni yaratib berish ko’zda tutildi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston buyuk kelajak sari” asarida “O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi va bu yerda mashhur Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan” deb yozilgan. Ta’lim sohasi rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi XXI asrni aql-zakovati, bilimdonlik asri bo’lishi uchun pedagogdan katta izlanish va mahorat talab etadi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida ta’lim tizimi oldida ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimizda o’qituvchilarga katta mas’uliyat yuklangan. Vatanimiz ravnaqi uchun ularning fidokorona va xayrli mehnatlari samarasiga bog’liq. Hozirgi zamon o’qituvchisi har tomonlama yetuk, o’z kasbining ustasi, zamon bilan hamqadam ish uslubiga ega, yangi o’qitish metodlaridan xabardor, o’z ustida doimo ishlab, bilim va malakalarini mustahkamlab boruvchi shaxs bo’lishi lozim. Ta’lim mazmunini takomillashtirishning yo’nalishlaridan biri o’quvchilar uchun mustaqil ta’lim olishning eng muhim vositalaridan hisoblangan o’quv-axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish sanaladi.Zamonaviy sharoitda o’quvchilarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta‘lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta‘lim, modul-kredit tizimi, masofali oqitish, blended learning (aralash o’qitish) va mahorat darslari ta‘limning innovatsion shakllari sifatida e‘tirof etilmoqda. Ayni o’rinda ta‘limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to’g’risida so’z yuritiladi. I. Amaliy o’yinlar. Dastlab ―o’yin tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi. O’yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko’chirish, taqlid qilish) asosida o’zlashtirish shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda ta‘lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o’yinlardan samarali foydalanilmoqda. Amaliy o’yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o’yinlar. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hordiq chiqarishga ko’maklashadigan o’yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. 1.Didaktik o’yinlar – o’rganilayotgan ob‘ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o’quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o’yinlar o’quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi 2.Syujetli o’yinlar – pedagogik voqelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o’zaro bog’liqligiga asoslangan o’yinlar sanaladi. Bu kabi o’yinlar odatda pedagogik muammolarning yechimini izlash, ta‘im-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qo’llaniladi. 3.Rolli o’yinlar – ma‘lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, hatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga yo’naltirilgan o’yinlar, ularda rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Barcha o’yinlarda bo’lgani kabi pedagogik o’yinlar jarayonida ham ishtirokchilar faol holatda bo’ladi, sheriklari bilan o’zaro munosabatga kirishadi, shuningdek, o’z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o’rnatish orqali o’zini o’zi o’rganadi. Pedagogik xarakterdagi o’yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
o’quv maqsadi; o’yinning vazifasi; o’rganiladigan muammo tafsiloti; o’yin vaziyatining tafsiloti; ishtirokchilarning tasnifi Ta‘lim jarayonida o’yin texnologiyalari qo’llash quyidagilarga asoslanadi: guruhni shakllantirish; mashg’ulotlarning bosh maqsadini ifodalash; muammoli vaziyatni vujudga keltirish; rollarni taqsimlash, o’yin reglamentini o’rnatish; materiallar, yo’riqnomalar, qoidalar va ko’rsatmalar to’plamini tarqatish; maslahat berish O’yin texnologiyalarini qo’llashda rollar qur‘a tashlash yo’li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog’ozchalarda foydalanish mumkin.Rollarning talabalar o’rtasida qur‘a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo’lgan noroziliklarning oldini oladi. O’yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko’rsatish hamda o’yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Kimyo darslarida didaktik o‘yinlar Kimyo darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanishda o‘qituvchilar quyidagi metodika tavsiyalarga e‘tibor berilishi kerak: 1. Kimyoviy elementlarni bilasizmi? Har guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib sinf taxtasiga kimyoviy elementlarning belgilarini yozadi, ikkinchisi esa nomlaydi.Har bir to‘g‘ri javob bir ball bilan belgilanadi. 2. Har qadamda element: Ikkitadan o‘quvchi chiqib navbat bilan har qadamda elementlarni nomlarini aytadi. Bunda o‘quvchi to‘xtab qolmasligi va bir elementni ikki marta takrorlamasligi kerak. Ball aytilgan elementlar soniga ko‘ra hisoblanadi. Buni dars mavzusiga qarab o‘zgartirish ham mumkin. Masalan: kimyoviy formulalar va ularning nomlari, olimlar, atamalar. 3. Kimyoviy pantomima:
Download 34.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling