Amaliy psixiologiya
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 247 Kb.
|
To\'raqulov Shaydullo kurs ishi namuna
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi qadim-qadimdan o‘rganilib kelinayotgan mavzulardan biri hisoblanadi. Jumladan buyuk allomalarimiz Abdurauf Fitrat1, Abu Nasr Farobiy2, Alisher Navoiy3, Ahmad Donish4, Abu Ali ibn Sino5, Amir Temur6 Abay Qoʻnanbayev, Rizouddin ibn Faxruddin, Faxr-ul Banot Sibgʻatulloh qizi, Abdurauf Fitrat va boshqalarning asarlaridagi oila-nikoh munosabatlari, oiladagi shaxslararo munosabatlar, ota-onaning vazifalari, farzandlar burchi haqida gʻoyatda ibratli maslahat va oʻgitlari bayon etilgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da keltirilgan oila va shar’iy nikoh odoblari, ota-onalar va farzandlar munosabati, ularning burch va vazifalari, uylanish va kelin tanlash xususidagi gʻoyatda qimmatli fikrlar bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Yusuf Xos Hojibning mashhur “Qutadgʻu bilig” asarida ham er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor berish zarurligi, inson shaxsiga xos sifat va fazilatlarning oilaviy hayotni boshqarishdagi roli, oʻrni va ahamiyati, er-xotin oʻzaro munosabatlarining me’yorlari, farovon turmush kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar keltiriladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab oʻtgan olima Faxr-ul Banot Sibgʻatulloh qizining “Qizlar tarbiyasi”, “Oila saboqlari” kabi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan asarlari mavjud. Olimaning “Oila saboqlari” risolasida xotin-qizlarning tarbiya, axloq, odob masalalari, uy-roʻzgʻor va bola tarbiyasi, salomatlik va oila sihatini saqlash xususida, qarindoshlar munosabati, qaynona-kelin munosabati, kelinning vazifalari haqidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan pand-nasihatlar oʻrin olgan. Mustaqillik yillarida ham oilaviy munosabatlar psixologiyasi borasida bir qancha tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, X.K. Karimov7, V.M.Karimova8, M.M. Mamatov9, H.Uzaqov, E.Gʻ Gʻoziyev, A.Tojiyev10, N.Salayeva11 shular jumlasidandir. Download 247 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling