Amaliy psixiologiya


Turmush o‘rtog‘ingiz bilan suhbatlashing


Download 247 Kb.
bet9/13
Sana19.06.2023
Hajmi247 Kb.
#1609895
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
To\'raqulov Shaydullo kurs ishi namuna

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan suhbatlashing. Juftingiz tomonidan qandaydir kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zudlik bilan baland ovozda gapirish kerak emas. Uning xatosini yolg‘iz tahlil qilmang. Balki uning ham muammolari yetarli bo‘lib, u ham ajralish fikri bilan yashayotgandir. O‘z xohishlaringiz va muammolaringiz haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayting, birgalikda yechim izlang. Oilaviy hayotdagi ba’zi masalalarni oldindan kelishib olish muhim hisoblanadi. Esda tuting!!! Agar siz biror ishni turmush o‘rtog‘ingiz bilan maslahatlashmasdan qilishga odatlansangiz, u ham xuddi shunday yo‘l tutadi. Keyinchalik birgalikda yashash, hamfikr bo‘lish fikridan voz kechadi. Bu esa nikoh munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nizo chiqarish va tanbeh berishdan tiyiling. Oilaviy inqirozlarga sabab bo‘ladigan nizo va janjallarga er-xotinning ikkalasi ham aybdor bo‘ladi. Hamma ham o‘zini aybsiz, deb biladi. Er-xotin munosabatlarida ular bir xil javobgar bo‘lishi kerak. Siz har doim hamma narsada “men haqman”, deb hisoblamang. Nizo, janjal va kelishmovchiliklar har bir er-xotin o‘rtasida bo‘ladigan hodisa. Muammoni hal qilishda janjal yoki zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki u oilaviy muammolarni hal qilmaydi, balki og‘irlashtirib, aloqalarning darz ketishiga sabab bo‘ladi. Tinch yo‘l bilan hal qilishni o‘rganing.
Mas’uliyatlarni taqsimlay oling. Nikohingizning ilk kunidanoq mas’uliyatlarni o‘zaro taqsimlab oling. Agar turmush o‘rtog‘ingizga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, hamma narsani bir-biringiz uchun emas, birgalikda qiling. Biror xatoga yo‘l qo‘yilsa, uni boshqa takrorlamaslikni so‘rang. “Men pul topaman, sen farzandlar tarbiyasi, ularning dars mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanasan”, degan mantiqsiz qonun yaratib olmang. Farzandning taqdiri umumiy mas’uliyat hisoblanadi, shuning uchun ularning tarbiyasiga ham ota, ham ona bir xil darajada javobgardir.
Oilaviy muammolaringizni qarindoshlar va do‘stlar bilan mukohama qilmang. Er-xotin – bitta jon. Oilangiz – sizniki, boshqa birovning oilasi emas. Oilaviy muammolaringizni jamiyat muammosi sifatida hammaga e’lon qilmang. Nikohning dastlabki yillarida xotinlar erining xatolaridan ota-onasiga shikoyat qilishni yoqtirishadi, go‘yoki ularning nazdida qizi azoblanayotgandek tuyuladi va ularning oilasiga aralashish boshlanadi. Bu esa vaziyat yomonlashishiga olib keladi. Vaholanki, kim bilan va qanday hayot kechirishni o‘zingiz tanladingiz. Shuning uchun ham o‘z oilaviy da’volaringizni bir-biringizga bildiring, boshqalarga emas.

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling