Amaliy psixiologiya


Turmush o‘rtog‘ingiz faoliyatiga qiziqish bildiring


Download 247 Kb.
bet10/13
Sana19.06.2023
Hajmi247 Kb.
#1609895
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
To\'raqulov Shaydullo kurs ishi namuna

Turmush o‘rtog‘ingiz faoliyatiga qiziqish bildiring. Ba’zida kundalik muammolar bilan band bo‘lib qolganingizda, turmush o‘rtog‘ingizning mehnat faoliyati, ishlari va hokazolarni so‘rashni unutib qo‘yasiz. Bu ham oilaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda oilaviy mashg‘ulotlar mavjud emas. Er-xotin bir birining qiziqishlarini hurmat qilishi kerak. Agar oilada umumiy qiziqishlar bo‘lsa, bu oilaning mustahkamligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning yutuqlari, hamkasblarining fikri haqida so‘rab turishni odat qiling. Bu ta’sirli bo‘ladi. Oila baxtli bo‘ladi.
Oilaviy muhitni o‘zgartiring. Agar munosabatlaringizda tushunmovchiliklar, kelishmovchiliklar yuzaga kelishni boshlagan bo‘lsa, inqirozga tushib qolganingizni his qilsangiz, muhitni darhol ijobiy tomonga o‘zgartiring. Mehnat ta’tili oling va turmush o‘rtog‘ingiz bilan birgalikda o‘tkazing. Qisqa muddatli tanaffuslarda ham bu ishlarni qilsa bo‘ladi. Siz o‘sha vaqtda dam olish va bir-biringizdan zavqlanish imkoniga ega bo‘lasiz. Muammo va tashvishlar chekinadi. Muammoga sabab bo‘lgan voqea-hodisalar asosiy narsa emasligini tushunib yetasiz. U yerda siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan baxtli bo‘lgan paytlarni eslashingiz mumkin. Muhitning o‘zgarishi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni qayta o‘z holiga qaytarish mumkin.
O‘zingizga vaqt ajrating. Oilaviy hayotda va oilaviy muammolarni hal qilishda siz ko‘pincha o‘zingizga e’tibor bermaysiz. Tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartiring va unga doim e’tibor qarating. Har doim yangi narsalarni qidiring. Shunda turmush o‘rtog‘ingiz sizdan hech qachon zerikmaydi.
Iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashish. O‘tmishda baxtli, xursandchilik kunlar aks etgan fotolavhalarni birgalikda eslang. Biror joyga borsangiz, esda qoladigan lavha olishni unutmang. O‘sha lahzalarni suhbat mavzusiga aylantiring. O‘ziningizni yaxshi his qilgan, kulguli vaziyatlarni birgalikda eslang. Siz baxtli bo‘lishga haqli ekaningizni his qila boshlaysiz. Er va xotin o‘rtasidagi baxtli kunlarni eslaydigan lavhalar mavjud bo‘lmasa, qarindosh-urug‘ yoki bolalikda do‘stlar davrasi bilan bog‘liq xotiralarni o‘rtoqlashing.
Minnatdorchilik. Ko‘pincha insonlar ma’lum vaqt davomida birga yashab, o‘z turmush o‘rtog‘i bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirish va his qildirish qanchalik muhim ekanligini unutishadi. Uni tushunish va qadrlashni o‘rganish kerak. Ayollar ko‘proq oilaviy qiyinchiliklar, ayniqsa, moddiy qiyinchiliklar erlaridan norozi bo‘ladi. O‘sha vaqtda turmush o‘rtog‘iga shunday holatda ham minnatdorchilik bildirish, uning hayoti yengillashishiga sabab bo‘ladi. Kichik narsalarni ham e’tibordan chetda qoldirmang.
Nikoh va oila har bir inson hayotidagi qadriyatdir. “Oilani saqlab qolish kerakmi yoki yo‘qmi?”, degan savolga doim “ha”, degan javob bo‘lishi kerak. Ajrashib ketgandan so‘ng, turmush o‘rtog‘ingizni qanday qaytarish haqida o‘ylagandan ko‘ra inqiroz va ajralishning oldini olish yaxshiroq, nazarimizda. Agar oilangizda bir narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, bunga ikkalangiz javobgarsiz. Oilada kimdir ustunroq bo‘lishi shart. Siz hammasini qayta boshlashga va baxtli yashashga haqlisiz.

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling