Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари


Download 118 Kb.
bet1/8
Sana25.10.2023
Hajmi118 Kb.
#1721613
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (1)

Ma’ruza 1

Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti faning maxmuni, vazifalari, mohiyati

Ma’ruzaning rejasi:

  1. Fanning maqsadi, predmeti, mazmuni va vazifasi.

  2. Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti.

  3. Menejment turlari va saviyalari.

  4. Tarmoq iqtisodiyoti va menejmenti fani maqsadi va vazifalari.

  5. Makro va mikro iqtisodiyot. Mikroiqtisodiyotning asosiy vazifalari



1. Menejment asoslari fanining maqsadi, predmeti, mazmuni va vazifasi
Menejment fani-bu mustaqil fan, rahbarga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Bu fan bozor munosabatlari qonunlarini o‘rganuvchi muhim fanlarning biri hisoblanadi. Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasi hisoblanadi. Bu fan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa fanlar bilan aloqador. Menejment fanining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida faolyat ko‘rsatadigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish o‘yg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdan iborat.

Har bir fan o‘zining predmeti, nazariyasi va uslubiga ega. Predmetning ma’nosi shuki shu fan nima bilan shug‘ullanadi, uning ta’sir doirasi qanday. Nazariya shu fanga doir jarayon va ko‘rinishlarni qanday bo‘lish qonuniyatini belgilaydi. Uslub esa ilmiy-amaliy faoliyat qanday amalga oshiriladi, turli tadbir va uslublarni ishlab chiqadi.
Menejment fanining predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish ob’ekti va sub’ekti;

  • boshqarish tamoyillari va usullari;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish va boshqalar.

Boshqarishni o‘rganishning asosiy uslubi – dialektiv uslub, bu o‘z navbatida ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda menejmentning asosiy ma’nosini tushunib olishga imkon beradi. Bundan tashqari menejmentga boshqa uslublar ham kiradi, bular: haqiqiy hodisalarni o‘rganishda aniq-tarixiy tarafdan yondoshish, har taraflama tahlil qilish, yangi xo‘jalik mexanizmlarining barcha elementlarini tahlil qilib kompleks boshqaruv qarorlarini qabul qilishni nazarda tutadi. Barcha boshqaruv uslublarini o‘rganib, ularni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llab, har bir aniq paytda bulardan samarali foydalanishni bilish-boshqaruv san’ati hisoblanadi.
Menejment fan sifatida xo‘jalik yuritish darajasida boshqaruvga aloqador qonuniyatlarni, tamoyillarni va uslublarni o‘rganadi. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning bir qismi bo‘lib, turli xarakterli bo‘lishi mumkin: iqtisodiy, tashkiliy, mehnat, ruhiy va boshqalar. Boshqaruv munosabatlari juda murakkab o‘zaro aloqalar bilan bog‘langan boshqaruv apparati xodimlari va korxona jamoasi, rahbarlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, menejment eng avvalo odamlarni boqarish hisoblanadi.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling