Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари


Download 118 Kb.
bet3/8
Sana25.10.2023
Hajmi118 Kb.
#1721613
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (1)

Rahbarlik faoliyati-bu boshqaruv faoliyatida ishchilarning ijobiy harakati hisobiga yuqori natijalarga erishish. Rahbarlik san’atining ma’nosi xizmatchilar faoliyatini tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘lga boshlash. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatining kaliti-korxona boshqaruvini samarali tashkil qilish.
Korxona ishining samarali natijalarga erishishga ta’sir qiladigan faktorlar quyidagilar:

  • korxona boshlig‘ining harakati.

  • korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarning hulqi.

  • jamoaning ishlab chiqarish faoliyati.

  • korxona ishining natijalari.

Bunda rahbarning bilimdonlik harakati korxona boshqaruvini samarali tashkil qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Menejment ishlovchilarda faol munosabatni yuzaga keltiradi, ularning o‘zaro munosabatlari samarali ishlab chiqarish faoliyatiga aylanadi. Menejment boshqaruv faoliyatida uning umumiy qonuniyatlarini va tamoyillarini vujudga keltiradi, aniq vaziyatda boshqaruv apparatining hatti-harakati va hulqiga umumiy xulosa chiqaradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi.
Menejmentning nuqtai nazarida iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishga yo‘naltirilgan aniq vazifalarni bajarishga, foyda olishga, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, aholini ijtimoiy himoya qilishga, kishilarning ma’naviy darajasini oshirishga qaratilgan. Bu menejmentni amaliy qismi bo‘lgan boshqaruv tamoyillarini o‘rganib qolmasdan, boshqaruv amaliyotida, yoki aniq holatda ularning kerakli tamoyillarini qo‘shib birga qo‘llash zarur. Buning boshqaruv nazariyasidan farqi shundaki, menejmentning iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida o‘ziga xos qonuniyatlarni, tamoyillarini va uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
Menejmentning asosiy vazifasi jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari talabini hisobga olish asosida va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirib korxonalarni samarali boshqarish uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni tashkil qilishdan iborat. Menejmentning vazifasi qobiliyatli odamlarni izlab topish va jiddiy mehnat qilish uchun qulay sharoit yaratishdir. Buning uchun yaxshi rahbarlik qobiliyatiga va san’atga ega bo‘lgan xodimlar kerak. Menejmentning yana bir katta vazifasi korxonada ijobiy iqlim yaratish hamda ularda yaratilgan ijtimoiy, ruhiy va madaniy boyliklarni yaxshi saqlashdan iborat, buni esa korporativ madaniyat deyiladi.




Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling