Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари


Menejment turlari va saviyalari


Download 118 Kb.
bet5/8
Sana25.10.2023
Hajmi118 Kb.
#1721613
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (1)

3. Menejment turlari va saviyalari
Menejment turlari ikkita belgi asosida aniqlanadi: saviyasi (makroiqtisod va mikroiqtisod) va uning sohasi bilan. Umumiy menejment makroiqtisodga tegishli, ya’ni barcha xo‘jalik yuritish tizimi uchun taaluqlidir. U o‘z ichiga 3 xil menejmentni kiritadi: amaliy menejment, innovatsion menejment va strategik menejment

Умумий менежмент
(макроиқтисод)


Umumm


Амалий менежмент




Стратегик


менежмент

Иновацион


менежмент

Ишлаб чиқариш


менежменти
(микроиқтисод)

Маркетинг


менежмент

Молия менежменти

Технологик


менежмент


Amaliy menejment barcha boshqaruv sohalariga tarqalgan: innovatsion menejment (yangilik yaratish boshqaruvi) va strategik menejment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga qaratilgan boshqaruv faoliyati. Amaliy menejment ishlab chiqarish korxona, firma, korporatsiyalariga tegishli, bular mikroiqtisod nomi bilan ataladi, moliya va marketing menejmenti tovarlar sotishni boshqaradi. Bundan tashqari amaliy menejment ishlab chiqarish menejmenti va texnologik menejment sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi sifatida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish menejmentida ikki faoliyat turi bor, bular, ishlab chiqarishda hozirgi zamonaviy materiallar, texnika va texnologiyalarni yaratish, ularni o‘zlashtirish, ishlatishga doir texnik faoliyatlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishni ta’minlash, harakatlarni tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘lga solish bo‘yicha texnik faoliyatlar kiradi.
Texnik faoliyatda ilmiy texnik bilimi bo‘lgan muhandislik tajribasi bor mutaxassislar ixtirochilik ishlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Texnik faoliyatda eng asosiysi texnik g‘oyani yaratish.
Boshqaruv tizimi darajama-daraja bo‘ysinish qoidasi asosida tashkil qilinadi. Oliy, o‘rta va asosiy saviyadagi boshqaruvlar mavjud.
Oliy saviya-prezident, vitsa prezident, direktorlar kengashi bular boshqaruvning eng yuqori piramidasi. Ulardan maqsad va siyosat shakillanadi, yangi aksiyalar chiqarish, xorijiy filiallar bunyod etish, yangi bozorlarni o‘rganish kabi korxonaning raqobatchilari bilan munosabat masalalarini hal qiladi. Bular strategik menejment deb ataladi.
O‘rta saviyadagi rahbarlar tezkor rejalarni bajarish, oliy
saviya rahbarlari qabul qilgan qarorlarni amaliyotga tadbiq qilishga javobgardir. Bu rahbarlar juda keng harakt erkinligiga ega. Mahsulotni sotish uchun qancha hodim yollash, qanday yangi dasgohlar sotib olish, ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalarini bajarishda ularga erkin harakat qilish huquqi berilgan. Bu bo‘g‘inga menejerlar va bo‘linma boshqaruvchilari kiradi.
Asosiy saviya-bu operatsion menejment saviyasidir. Bu boshqaruvning quyi darajasi hisoblanadi. Unga ustalar, brigada boshliqlari va boshqa boshqaruvchilar kiradi. Bu saviyadagi menejerlar o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tayyorlagan tezkor (operativ) rejalarni bajaradi.




  1. Download 118 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling