Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари
Tarmoq iqtisodiyoti fani maqsadi va vazifalari
Download 118 Kb.
|
1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy munosabatlar
Tarmoq iqtisodiyoti fani maqsadi va vazifalari.
Temir yo‘l transporti yagona transport tizimining mustaqil tarmog‘i xisoblangani uchun uni aloxida tarmoq sifatida iqtisodiyoti o‘rganiladi. Tarmoq deganda aynan temir yo‘l transporti nazarada tutilgan xolda bu fanning nomini tarmok iqtisodiyoti yoki temir yul transporti iktisodiyoti deb atashimiz mumkin. Rahbarlik faoliyati-bu boshqaruv faoliyatida ishchilarning ijobiy harakati hisobiga yuqori natijalarga erishish. Rahbarlik san’atining ma’nosi xizmatchilar faoliyatini tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘lga boshlash. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatining kaliti-korxona boshqaruvini samarali tashkil qilish. YUkorida gapirib o‘tilgandek Tarmok iqtisodiyoti fani transport faoliyati deb ataluvchi ishlab chiqarish soxasini o‘rganadi. Bu fanning ob’ekti bo‘lib temir yo‘l transporti xisoblanadi. Temir yo‘l transporti yagona transport tizimining mustaqil tarmog‘i xisoblanadi va uning ishlab chikarish faoliyati “O‘TY” AJ tomonidan olib boriladi. “O‘TY” AJ umumfoydalaniladigan temir yo‘llarining uzunligi 4500 kmdan ortiq bo‘lib, kompaniya temir yo‘l bekatlari, lokomotiv va vagon depolari, doimiy qurilmalar, sun’iy inshootlar hamda turli ishlab chiqarish korxonalaridan tashkil topgan. Aynan tarmoq iqtisodiyoti fani esa transportni ishlab chikarish nuqtai nazaridan o‘rganadi. YA’ni ishlab chikarish qaerda vujudga keladi, qanday amalga oshiriladi, iqtisodiy munosabatlar qanday yuzaga keladi va iqtisodiy manfaatlar nimadan iborat kabi masalalar echimini aynan shu fan o‘rganadi. Iqtisodiy munosabatlar: 1-dan iqtisodiyotning boshqa soxalari va transport o‘rtasida; 2-dan tashish jarayonini amalga oshrishda bir biri bilan uzviy bog‘langan transport turlari o‘rtasida; 3-dan temir yo‘l transporti tarkibidagi mexnat jamoalari o‘rtasida vujudga keladi. Bu ishlab chiqarish munosabatlari boshqa iqtisodiyot tarmoqlarining va transport tizimi mexnat jamoalarining iqtisodiy manfaatlari asosida yuzaga keladi. SHunday qilib temir yo‘l transporti iqtisodiyoti fani o‘rganish predmeti kuyidagilarga yo‘naltirilgan. Temir yul transporti mehnat jamoalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasida, aholi ya’ni yo‘lovchi va ularga xizmat ko‘rsatadigan temir yul transportida ishlovchilar o‘rtasida yuzaga keladigan ishlab chikarish munosabatlari va iqtisodiy manfaatlar. Temir yul transporti mehnat jamoasi va tashish jarayonini amalga oshrishda hamkorlik qiluvchi boshqa transport turlari mehnat jamoalari o‘rtasida yuzaga keladigan ishlab chikarish munosabatlari va iqtisodiy manfaatlar. Temir yul transporti mehnat jamoalari bilan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keladigan ishlab chikarish munosabatlari va iqtisodiy manfaatlar.(gorizontal va vertikal aloqalar) Bu fan transportni iqtisodiy jihatdan taxlil qiladi va uning maxsulot ishlab chiqarish soxasiga kiritilishi va bu borada o‘ziga xos xususiyatlariga ega eganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari temir yul transportining iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liqligini, uning ko‘rsatkichlari boshqa transport turlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va xususiyatlari bilan qiyoslanadi. Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling