Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари


Menejment ob’ekti va sub’ekti


Download 118 Kb.
bet4/8
Sana25.10.2023
Hajmi118 Kb.
#1721613
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu (1)

2. Menejment ob’ekti va sub’ekti
Ob’ekt-bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan moddiy dunyo, kishi faoliyati qaratilgan hodisa, predmet, shaxs va boshqalar. Ob’ekt tushunchasi kishi va uning faoliyatidan tortib, to moddiy dunyo, jamiyat darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish menejmentning ob’ektlari hisoblanadi. Boshqaruv ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlarini menejmentning sub’ekti deyiladi. Bular boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar hisoblanadi. Har qaysi ishlab chiqarish, korxona, tashkilot o‘zining boshqariluvchisi (ob’ekti) va boshqaruvchisiga (sub’ekti) ega bo‘ladi. Boshqaruv ob’ekti bu ko‘p qirrali ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, ular asosiy va aylanma fondlar, kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish, resurslar bilan ta’minlash, ta’mirlash ishlarini bajarish, tashish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish jarayonlari. Boshqaruv sub’ekti-bu boshqaruv apparati xodimlari, ular turli usullar va texnik vositalar yordamida boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o‘tkazadi, shuning uchun bu xodimlarni boshqaruvchi sub’ektlar deyiladi.
Masalan, signallashtirish va aloqa o‘ distansiyaning (SHCH) boshlig‘i butun boshqaruv apparati sub’ekt, shu distansiyadagi barcha ishlab chiqarish uchastka va sexlari ob’ekt hisoblanadi. Bunda distansiya katta tizim, ishlab chiqarish uchastkasi distansiyaga nisbatan kichik tizim hisoblanadi, chunki barcha uchastkalar distansiyaning tarkibiga kiradi. Agarda biz distansiyani ishlab chiqarish uchastkasi doirasida ko‘radigan bo‘lsak unda uchastka boshlig‘i sub’ekt, unga bo‘ysunuvchi katta elektromexanik (SHNS), elektromexanik (SHN) va SSB va aloqa elektromontyorlar (SHSM, SHSM) ob’ekt hisoblanadi.
SHunday qilib ishlab chiqarishda boshqariladigan ob’ektlar va boshqaruvchi sub’ektlar mavjud. Boshqaruvning har ikkala tizimi o‘zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, boshqariluvchi tizimning ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa, boshqaruv organlari tizimi ham shunchalik katta bo‘ladi. Boshqariluvchi tizim qanchalik yaxshi uyushtirilgan bo‘lsa va uni boshqarish mexanizmi etarli darajada takomillashgan bo‘lsa, boshqaruvchi tizim ham shunchalik kichik bo‘ladi.



Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling