Pedagogik psixologiya-uning predmeti o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
ta'lim psixologiyasi;
tarbiya psixologiyasi;
o’qituvchi psixologiyasi;
Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;
psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi; Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik
masalalarni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |