Amaliy psixologiya


Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari


Download 257.5 Kb.
bet2/17
Sana05.01.2022
Hajmi257.5 Kb.
#228027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Freydizmning psixologiyaga qo‘shgan hissasi Mustaqil ish

Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari

Freydizm yo’nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko’ra hayvonga o’xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta'limotga aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e'tibor qozondi.

1923-yilda psixologlarning birinchi yig’ilishida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o’ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o’zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, M.Voqidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G’.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar o’zlarining g’oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan "mustaqillik", "tanqidiylik" kabilarni shakllantirishga e'tibor bermoqdalar.

Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar ho’lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma'lum qonun qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi.

Tamoyil - ma'lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi. hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.


Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling