Amaliy siyosatshunoslik yo’nalishi (o’zbek) guruhi magistranti Abdullayeva Ozoda


Download 10.19 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi10.19 Kb.
#1839994
Bog'liq
qiyosiy tahlil




Amaliy siyosatshunoslik yo’nalishi (o’zbek) guruhi
magistranti Abdullayeva Ozoda

Siyosatda qiyosiy tahlilning mohiyati va ahamiyati shundaki, u “siyosat” tushunchasini bir butun yaxlitlik, tizim, maydon sifatida shakllantirib, uning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirini turli usullar orqali tahlil qilishga, siyosatni aynan kishilarning faoliyati va xulq-atvorlari tizimi sifatida tasavvur etishga imkon beradi. Avvalo, jamiyatning siyosiy tizimiga ta’rif berishdan oldin, tizim nima ekanligini oydinlashtirib olish kerak. Tizim ma’lum aloqa tufayli birlashgan elementlar yig‘indisini ifoda etadi. Siyosiy tizim esa, siyosiy hokimiyatlar bilan aloqador bo‘lgan elementlarni o‘zida birlashtiradi. Siyosiy tizim jamiyatning maqsad va vazifalarini aniqlash, jamiyat tizimidagi elementlarni birlashtirish va mavjud imkoniyatlarni amalga oshirishga safarbar qiluvchi mexanizmdir. Demak, jamiyatning siyosiy tizimi – siyosiy hokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari bo‘lgan davlat, davlat tashkilotlari va ular o’rtasidagi munosabatlarning yig‘indisidir.


Bugungi kun siyosatshunoslik fanida siyosiy tizimlar faoliyatining qiyosiy tahlili analitik model asosida amalga oshiriladi. Siyosatshunoslar siyosiy tizimlar faoliyatini yaqqol tasavvur qilish va tushunishga imkon beradigan bir qancha modellarni ishlab chiqqanlar. Ulardan ikkitasi – amerikalik olimlar D.Iston va G.Almondning siyosiy tizimlar nazariyasining asosini tashkil etadigan qarashlarini ko‘rib chiqish mumkin. D.Iston “Siyosiy tizim”(1953), “Siyosiy tahlil chegaralari” (1965), “Siyosiy hayotning tizimli tahlili” (1965) kabi tadqiqotlarida har qanday siyosiy tizim, shuningdek, bu tizimlarning asosini tashkil etadigan boshlang’ich tizimlar tahlilining asoslarini bayon qildi. D.Iston siyosiy tizimni uning vositasida jamiyatda qadriyatlar (moddiy va ma’naviy) qat’iyat bilan taqsimlanadigan o‘zaro munosabatlar sifatida belgiladi va shu zaminda, uning a’zolari o‘rtasidagi ziddiyatlar bartaraf qilinishini ta’kidladi. Birinchidan, siyosiy tizim jamiyatda qad-riyatlarni taqsimlashi kerak. Ikkinchidan, siyosiy tizim bu taqsimotning majburiy ekanligiga fuqarolarni ishontira olishi lozim. D.Iston talqinidagi siyosiy tizimning modeliga ko‘ra, siyosiy tizim “kirish” (ya’ni, tizim nimani “iste’mol” qiladi), uning moslashuv va saqlanish mexanizmlari va funksiyalari, shuningdek, “chiqish”ga (ya’ni, u nima ishlab chiqaradi va qanday rivojlanadi) ega bo‘ladi.
D.Iston siyosiy tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siriga e’tibor qaratishga urg‘u berar ekan, siyosiy tizimning jamiyatda muvozanatni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan ichki tuzilmasiga to‘xtalmaydi. Yana bir amerikalik siyosatshunos G.Almond bu kamchilikni bartaraf etishga intilib, “siyosiy tizim” tushunchasi ostida “siyosiy qarorlar qabul qilishga aloqador bo‘lgan barcha jarayonlarni” tushunishni taklif qildi. G.Almond ta’limotiga ko‘ra, siyosiy tizimning tuzilishi siyosiy faoliyatni shakllantiradigan va hamma kuzatishi mumkin bo‘lgan ish. Uning fikricha, barcha siyosiy tizimlar ikki asosiy funksiya majmui – “kiritish” va “chiqarish”ni amalga oshiradi va bu siyosiy institutlarning barchasiga alohida vazifa yuklaydi.
Fransuz siyosatshunosi J.Blondeyev siyosiy tizimlarni boshqaruvning mazmuni va shakli bo‘yicha qiyoslab, ularning quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatgan:
1) liberal-demokratik tizimlar: siyosiy qarorlar qabul qilishda individualizm va erkinlik qadriyatlariga asoslanadilar;
2) kommunistik tizimlar: tenglik, ijtimoiy adolat qadriyatlariga asoslanadilar;
3) an’anaviy siyosiy tizimlar: boshqarishning oligarxik shakllariga tayanadilar va iqtisodiy resurslar va ijtimoiy maqomlarni notekis taqsimlashga asoslanadilar;
4) populistik siyosiy tizimlar: rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Hozirgi davrda G.Almondning siyosiy tizimlar tipologiyasi keng tadbiq etilmoqda. U siyosiy tizimlarni siyosiy madaniyatlar va siyosiy jarayon ishtirokchilari o‘rtasida siyosiy rollarning taqsimlanishi bo‘yicha farqlaydi va siyosiy tizimlarning to‘rt turini ajratib ko‘rsatadi: ingliz-amerika, yevropaviy-kontinetal, sanoatlashmagan va qisman sanoatlashgan, totalitar tizimlar.
Ingliz-amerikacha siyosiy tizimga (AQSh, Buyuk Britaniya) siyosiy jarayonlarning davlat, partiyalar, manfaatlar guruhi va shu kabi ishtirokchilari o‘rtasida siyosiy rol va funksiyalarning yuqori darajada taqsimlanishi xosdir.
Yevropaviy-kontinental siyosiy tizim turi (Fransiya, Germaniya, Italiya va boshqalar) siyosiy madaniyatning bir butun olganda umumiy ildizlari va umumiy merosga ega alohida qismlardan iboratligi bilan farqlanadi. Ularga eski va yangi madaniyatning birga yashashi, jamiyatda o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lgan turli mafkuradagi xilma xil siyosiy partiyalarning mavjudligi xos.
Sanoatlashmagan siyosiy tizimlar aralash siyosiy madaniyat (Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi) – G‘arb qadriyatlari, etnik va diniy an’analar qorishmasidan iborat. Bu turdagi tizimlar uchun hokimiyatning oshkora taqsimlanmasligi xosdir. Ushbu tizimga shuningdek, shaxsiy avtoritarizm, yagona partiyaning hukmronligi va kuch ishla-tish imkoniyatining yetarli darajada yuqoriligi ham xosdir.
Qisman sanoatlashgan siyosiy tizimlar ham o‘ziga xos siyosiy madaniyatga ega. Bunga Yevropa va Osiyoning ayrim mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin paydo bo‘lgan bir qator MDH davlatlari tizimini kiritish mumkin.
Download 10.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling