Amaliy topshiriqlar. Hurmatli talabalar! Quyida genetikadan masalalar berilgan. Har bir talaba


Download 369.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2023
Hajmi369.3 Kb.
#1091339
Bog'liq
amaliy topshiriqlar (2)



Amaliy topshiriqlar. 
Hurmatli talabalar! Quyida genetikadan masalalar berilgan. Har bir talaba 
individual tarzda masalalarni ishlab, hamda pdf holatida Ism familiyangiz 
yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob 
taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd 
qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari 
baholanmaydi. 
1. Xushboʻy 
hidli noʼxatlarning gulining ranggi komplementar tip 
irsiylanadigan. Digeterozigota qizil gulli noʼxat oʼzaro chatishtirilganda 
nechata genotiptik sinf(a) va fenotipik(b) hosil boʼladi. 
2. Atirgulda gullarining rangi ikki juft komplementar genlarga ega. A-B- 
genotipli gullarning rangi qizil, A-bb genotipli gullarning rangi sariq, aaB- 
genotipli gullarning rangi och sariq, va aabb genotipli gullarning rangi oq 
rangda bo'ladi. Degeterozigota genotipga ega qizil atirgullar o'zaro 
chatishtrilishi natijasida olingan qizil atirgullar necha xil genotipga ega? 
3. Pomidor o‘simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini 
ifodalovchi genlar birikkan bo‘lib, bir xromosomada joylashgan. Seleksioner 
uzun 
poyali 
(H) 
va 
yumaloq 
mevali 
(R) 
gomozigota 
pomidor bilan kalta poyali (h) va noksimon mevali (r) pomidorni 
chatishtirib, F
1
da 110 ta, F

da 1200 ta o‘simlik yetishtirgan: a) F
2
da uzun 
poyali va yumaloq mevasi qancha? b) F
1
da necha xil gameta 
hosil bo‘ladi? d) F
2
da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi? e) F

da necha 
o‘simlik kalta poyali noksimon mevali bo‘ladi? 
4. Tovuqlarda erta pat hosil qilish va chipor rang kech pat hosil qilish va qora 
rangga nisbattan dominantlik qiladi. Bu belgilarni ifodalovchi noallel genlar 
autosomaga birikkan holda irsiylanadi. Digeterozigota organizmlar 
chatishtirilganda kech pat hosil qiladigan qora jo`jalar avlodning necha 
foizini tashkil qiladi? (xo`roz dominant genlarni otasidan olgan, chalkashuv 
20%) 
5. Onasi ko‘k ko‘z, otasi jigarrang ko‘zli bo‘lgan jigarrang ko‘zli yigit, ota-
onasi jigarrang ko‘zli bo‘lgan ko‘k ko‘z qizga uylandi. SHu oilada qanday 
ko‘z rangiga ega bo‘lgan bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor? 
6. Tarvuzning mevasi yumaloq shakli uzunchoq shakli ustidan, yashil 
po‘choqlisi chipor po‘choqlisi ustidan dominantlik qiladi. Uning yumaloq 
chipor formasi bilan uzunchoq yashil formasi chatishtirilgan. F1 da 120 ta, 
F2 da 960 o‘simlik hosil bo‘ldi: a) ota-onaning, F1 va F2 ning genotipini va 


fenotipini aniqlang; b) F2 necha xil fenotip hosil qiladi? d) ular orasida 
yumaloq yashil, uzunchoq chipori nechta? 
7. Qulupnay o`simligida poyasining uzunligi va tukli bo`lishi kalta va tuksiz 
poya ustidan to`liq dominantlik qiladi. Mevaning qizilligi oqligi ustidan 
chala dominantlik qilgani uchun geterozigota holatda pushti rangda bo`ladi. 
Trigeterozigota qulupnaylar chatishtirilgan-da avlodning necha foizini uzun 
poyali, tuksiz, qizil qulupnaylar tashkil etadi? 
8. Piyoz po`stining qizil rangini B, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo 
ranglar genotipda genotipda V gen bo`lsa, yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v 
alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to`sqinlik qiladi. 
Po`sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va 
oq piyozlar hosil bo`ladi. Chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang. 
9. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangini ifodalovchi allel – W, oq 
rangini ifodalovchi allel – w ustidan dominantlik qiladi. Ular jinsiy 
xromosomalarda joylashgan. Tajribada qizil ko‘zli gomozigota urg‘ochi 
drozofila oq ko‘zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Olingan F1 dagi 
erkak va urg‘ochi formalar o‘zaro chatishtirilib, F2 da 300 ta drozofila 
olingan: a) ulardan nechtasi erkak va nechtasi urg‘ochi; b) erkak 
drozofilalarning qanchasi qizil ko‘zli, qanchasi oq ko‘zli bo‘lgan? 
10. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X 
xromosomada, kar-saqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-
soqov erkak sog‘lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik, kar-
soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu 
oilada ikkala belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi? 

Download 369.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling