Amaliy topshiriqlar. Hurmatli talabalar! Quyida genetikadan masalalar berilgan. Har bir talaba
Download 369.3 Kb. Pdf ko'rish
|
amaliy topshiriqlar (2)
Amaliy topshiriqlar. Hurmatli talabalar! Quyida genetikadan masalalar berilgan. Har bir talaba individual tarzda masalalarni ishlab, hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. 1. Xushboʻy hidli noʼxatlarning gulining ranggi komplementar tip irsiylanadigan. Digeterozigota qizil gulli noʼxat oʼzaro chatishtirilganda nechata genotiptik sinf(a) va fenotipik(b) hosil boʼladi. 2. Atirgulda gullarining rangi ikki juft komplementar genlarga ega. A-B- genotipli gullarning rangi qizil, A-bb genotipli gullarning rangi sariq, aaB- genotipli gullarning rangi och sariq, va aabb genotipli gullarning rangi oq rangda bo'ladi. Degeterozigota genotipga ega qizil atirgullar o'zaro chatishtrilishi natijasida olingan qizil atirgullar necha xil genotipga ega? 3. Pomidor o‘simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo‘lib, bir xromosomada joylashgan. Seleksioner uzun poyali (H) va yumaloq mevali (R) gomozigota pomidor bilan kalta poyali (h) va noksimon mevali (r) pomidorni chatishtirib, F 1 da 110 ta, F 2 da 1200 ta o‘simlik yetishtirgan: a) F 2 da uzun poyali va yumaloq mevasi qancha? b) F 1 da necha xil gameta hosil bo‘ladi? d) F 2 da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi? e) F 2 da necha o‘simlik kalta poyali noksimon mevali bo‘ladi? 4. Tovuqlarda erta pat hosil qilish va chipor rang kech pat hosil qilish va qora rangga nisbattan dominantlik qiladi. Bu belgilarni ifodalovchi noallel genlar autosomaga birikkan holda irsiylanadi. Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda kech pat hosil qiladigan qora jo`jalar avlodning necha foizini tashkil qiladi? (xo`roz dominant genlarni otasidan olgan, chalkashuv 20%) 5. Onasi ko‘k ko‘z, otasi jigarrang ko‘zli bo‘lgan jigarrang ko‘zli yigit, ota- onasi jigarrang ko‘zli bo‘lgan ko‘k ko‘z qizga uylandi. SHu oilada qanday ko‘z rangiga ega bo‘lgan bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor? 6. Tarvuzning mevasi yumaloq shakli uzunchoq shakli ustidan, yashil po‘choqlisi chipor po‘choqlisi ustidan dominantlik qiladi. Uning yumaloq chipor formasi bilan uzunchoq yashil formasi chatishtirilgan. F1 da 120 ta, F2 da 960 o‘simlik hosil bo‘ldi: a) ota-onaning, F1 va F2 ning genotipini va fenotipini aniqlang; b) F2 necha xil fenotip hosil qiladi? d) ular orasida yumaloq yashil, uzunchoq chipori nechta? 7. Qulupnay o`simligida poyasining uzunligi va tukli bo`lishi kalta va tuksiz poya ustidan to`liq dominantlik qiladi. Mevaning qizilligi oqligi ustidan chala dominantlik qilgani uchun geterozigota holatda pushti rangda bo`ladi. Trigeterozigota qulupnaylar chatishtirilgan-da avlodning necha foizini uzun poyali, tuksiz, qizil qulupnaylar tashkil etadi? 8. Piyoz po`stining qizil rangini B, sariq rangini b gen ifodalaydi, ammo ranglar genotipda genotipda V gen bo`lsa, yuzaga chiqadi. Uning retsessiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning chiqishiga to`sqinlik qiladi. Po`sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo`ladi. Chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang. 9. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangini ifodalovchi allel – W, oq rangini ifodalovchi allel – w ustidan dominantlik qiladi. Ular jinsiy xromosomalarda joylashgan. Tajribada qizil ko‘zli gomozigota urg‘ochi drozofila oq ko‘zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Olingan F1 dagi erkak va urg‘ochi formalar o‘zaro chatishtirilib, F2 da 300 ta drozofila olingan: a) ulardan nechtasi erkak va nechtasi urg‘ochi; b) erkak drozofilalarning qanchasi qizil ko‘zli, qanchasi oq ko‘zli bo‘lgan? 10. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-saqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar- soqov erkak sog‘lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik, kar- soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi? Download 369.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling