Amaliyot 3 Mavzu: BitLocker yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o'rganish. Maqsad
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-amaliy ish
Amaliy qism
Windows 10-OTda BitLocker yordamida diskni shifrlashni yoqish Панель управления\Система и безопасность\Шифрование диска BitLocker buyruqlarini ketma-ket bajaring Bundan tashqari, Проводник Windows -ni ochib, xotira diski bo'lagi ustiga sichqoncha o'ng tugmasi bosish va BitLocker- ni yoqish-ni tanlash ham mumkin. Agar ushbu parametr Menyuda bo'lmasa, unda sizda Windows-ning qo'llab-quvvatlanmaydigan versiyasi o'rnatilgan bo'ladi. 3.1-rasm. BitLockerni ishga tushirish. BitLockerda shifrlashning ikki turi mavjud: Mantiqiy bo'lim uchun. Tizimli va OT mavjud bo'lmagan har qanday disklarni shifrlashga imkon beradi. Kompyuter ishga tushirilganda , bootloader Windows – ni System Reserved bo'limidan ishga tushiradi va himoyani ochish usulini taklif qiladi-masalan, parol. Shundan so'ng, BitLocker diskni parolini ochadi va Windows-ni ishga tushiradi. Shifrlash / shifrni ochish jarayoni tezda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, nafaqat operatsion tizim diskini, balki kompyuterdagi boshqa disklarni ham shifrlash mumkin. Bunday diskka murojaat qilishda birinchi kirish paroli kerak bo'ladi. Tashqi qurilmalar uchun: USB flesh-disklari va tashqi qattiq disklar kabi tashqi xotira qurilmalari BitLocker To Go bilan shifrlanishi mumkin. Bunda xotira qurilmasi kompyuterga ulanganida parol so'raladi. Parolga ega bo'lmagan foydalanuvchilar diskdagi fayllarga kira olmaydi. BitLocker- dan foydalanish Diskni blokdan chiqarishda ishlatiladigan parolni kiriting; agar tiklash kalitini yo'qotib qo'ysangiz, tizimni yuklashingiz mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun bu muhim sinov bo'ladi. 3.2-rasm.Rasshifrovka uchun parol o’rnatish. Qayta tiklash kalitini zaxiralash usulini tanlang, Agar mavjud bo'lsa, Microsoft hisob qaydnomangizdan foydalanishingiz, uni USB flesh-diskida saqlashingiz, mahalliy diskdan boshqa joyda saqlashingiz yoki nusxasini chop etishingiz mumkin. 3.3-rasm. Qayta tiklash kalitini saqlash usulini tanlash. Mahalliy diskni shifrlashning ikkita varianti mavjud: faqat foydalanilgan disk maydonini shifrlash va butun disk sohasini shifrlash. Katta hajmdagi ma'lumot mavjud bo'lgan diskni shifrlash biroz ko’p vaqt talab etadi. Agar elektr uzilib qolsa, kompyuteringiz UPS bilan ishlashiga ishonch hosil qiling. 3.4-rasm. Diskni to’liq shifrlashni tanlash. Windows 10 November Update dan foydalanayotgan bo'lsangiz, unda XTS- AES deb nomlangan yanada mustahkam shifrlash rejimi mavjud bo'lib, u yaxshilangan algoritm bilan qo'shimcha yaxlitlikni qo'llab-quvvatlaydi. Qattiq disk bo'lgan hollarda, ushbu parametrni tanlang. 3.5-rasm. Shifrlash rejimini tanlash. Shifrlashga tayyor bo'lgach, “ПРОДОЛЖИТЬ” ni bosing. 3.6-rasm. Shifrlash boshlanishidan oldin tizimni tekshirish. Tizim qayta yuklashni so’raganda qayta ishga tushiring. 3.7-rasm. Parolni kiritish. Windows 10-OT yuklanganidan so'ng, hech qanday maxsus o'zgarish sodir bo'lmaydi. Tizimli disk ustiga sichqoncha o'ng tugmasini bosing va BitLocker-ni boshqarish-ni tanlang. 3.8-rasm. BitLocker-ni boshqarish. Vazifa: BitLocker yordamida mantiqiy disklarni shifrlash va ularni rasshifrovka qilish amalga oshirilsin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling