Amaliyot №8 Apparatlarga xizmat ko‘rsatish tekshiruvdan o'tkazish va o‘rnatish uchun moslamalar


Download 214.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2023
Hajmi214.85 Kb.
#1769481
Bog'liq
8-amaliy



AMALIYOT №8
 
Apparatlarga xizmat ko‘rsatish tekshiruvdan o'tkazish va o‘rnatish uchun 
moslamalar
 
107-rasm. Quyiladigan shtutserlarni payvandlash:a — tubiga; b — obechaykaga 
Shtutserlar flanets va boshqa moslamalarni apparatga ulash uchun ishlatiladi.
Muhofazalangan apparatlar uchun shtutserlar uzaytirib yasaladi va uzunlik anchagina
boMganda ularni bo‘ylama qattiq qobirg alar yordamida mahkamlanadi. (108-rasm).Shtutserlar 
apparatga turlicha payvandlanadi. Quyma yasaladigan apparatlarda ular shtutser
bilan birgalikda 
quyiladi. Isitish zarur bo’lgan hollarda shtutserlar ko‘ylak bilan ta'minlanadi. 
108-rasm. Teshiklarni mustahkamlash usullari: a — yassi haJqalar; b — vtulka; 
v — yo‘g‘onlashtirilgan shtutser 
Apparatdan suyuqlik to'kishga mo’ljallangan shtutserlar, asosan uning tubida joylashadi, 
bu suyuqlikning toMa chiqarib yuborilishini ta’minlaydi. Ba’zida qayrilma shtutserlardan 
foydalaniladi
(109-rasm). 
Bobishkalar - bu apparat korpusiga bevosita payvandlangan flanetslardir. Bobshkalar 
gashpilkalar yordamida quvur uzatgichlar ulanadi. Bobshkalar nazorat — o’lchov priborlari va 
boshqa qurilmalarni o‘matish uchun va shtutserlar o‘matish maqsadga muvofiq bo’lmagan yoki
mumkin boMmagan hollarda qoMlanadi. Ularning tuzilishi turli- tuman bo‘lib, oMchamlari 
katta bo’lgan bobishkalar uglerodli po’latdan, muhofaza nakladkasi (qobig‘i) esa kislotabardosh
po’latdan yasaladi. 
109-rasm. Kuzatish oynasi 
Mis va aluminiydan yasalgan apparatlarda, rangli metall bilan qoplanib muhofazalangan 
po'lat bobshkalar ishlatiladi. 
Shtutser va bobshkalarni o‘rnatish uchun gardishlar, qopqoqlar va tagliklarda teshiklar
ochiladi. Ular taglik va gardishlar devorlari mustahkamligini ancha bo‘shashtiradi. Ellipssimon 


tagliklarda teshiklarni joylashtirishda Davlat texnika xavfsizligi nazoratinmg quyidagi talablarini 
hisobga olish zarur: 
a) teshik chetidan taglik chetigacha bo‘lgan masofa (proeksiyada o‘lchanadi) 0,1D
tadan kam bo‘lmasligi kerak; 
b) ikkita qo‘shni teshik orasidagi masofa kichik teshik diametridan kam bo‘lmasligi kerak; 
d) teshiklar taglikning yon devor qismida joylashmasligi kerak; 
e) bir nechta shtutserni bitta yasovchi chiziqqa joylashtirish tavsiya etilmaydi; 
f) apparat diametri 1500 mm dan kam bo'lganda ellipssimon
taglikdagi teshik
diametrning 
1/2 dan ko‘p bo'lmasligi, diametr 1500mm dan katta bo‘lganda esa diametrning 1/3
dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 
110-rasm. Luklar va darcha: 
a — tiqin ko ‘rinishida; b — qaytarma boltlar; v — tez-tez ochish uchun
siquv vinti; g — har zamonda ochishda; g — osma qopqoq. 
Gardishlarning teshiklar tufayli bo‘shashishi mahkamlovchi halqa payvandlash yo'li
bilan kompensatsiyalanadi (110-rasm). Hamma teshiklarni ham mahkamlashga hojat yo‘q. 
Silindrsimon gardishda mahkamlamasdan qoldirish mumkin bo'Igan teshikning eng katta
diametri ushbu formulaga binoan aniqlanadi: 
bu yerda K - gardishning musiahkamlik koeffitsienti bo ‘lib, u 
ga teng 
Ellipssimon tagiiklar ishlash sharoiti silindrsimon gardishlarnikiga qaraganda yaxshiroq,
shuning uchun ularda ayni bir xil sharoitda silindirsimon gardishlardagiga ko‘ra ko‘proq
kattaroq diametrli mahkamlanmagan teshiklar bo'lishiga yo‘l qo'yiladi. 
Kuzatish darchasi (104-rasm) jarayonning ketishini, quvurlarning ifloslanishini va 
boshqalarni kuzatib borishga xizmat qiladi. Ulaming diametri odatda 5 dan 150 mm gacha
bo‘ladi. Ularni qarama-qarshi tomonlarga asosan bobishkalarga o‘rnatiiadi. Ulardan bittasiga 
yoritgich o'rnatiladi. Standart kuzatuv darchalariga 0,6 MPa bosimga va 150°C gacha haroratga 
hisoblangan qalin illyuminator shisha oynalar qo‘yiladi. Oynalarni yuvish uchun vaqti-vaqti
bilan yuvuvchi suyuqlik berilib turadigan kalta tarmoqlangan quvur (patrubak) o‘matiladi. 
Apparatdagi suyuqlikning sathini kuzatib turish uchun shisha o‘lchagichlar qo'yiladi. 


Luklar (105-rasm) apparatni kuzatish, montaj qilish, demontaj qilish, apparat ichiga
o'matilgan mosiamalarni ta’mirlash, xomashyo solish va apparatni iozalash uchun
moijallangan. Ular normallashtirilgan. Lyuklar quyidagi diametrlarda tayyorlanadi: 150, 250,
400, 500, 600, 800 mm. 
Apparatlarning ishlash sharoitiga qarab lyuk va tuynuklar turli xil konstruksiyada 
yasaladi. Tez-tez ochib turiladigan qopqoqlar qaytarma boltli qilib yasaladi. Kam 
ochiladiganlariga tiqin qo‘yiladi. Qopqoqlami
zichlash siqib turuvchi murvatlar yordamida amalga 
oshiriladi. Luklar yotiq, qiya va tik tekisliklarda o‘rnatilishi mumkin. Oxirgi holatda qopqoqni
osib qo‘yilishini ta’minlash zarur. 
Tirgaklar apparatlarni poydevorga va ko'tarib turuvchi konstruksiyalarga o‘rnatishga
xizmat qiladi. Ular qurilmaning konstruksiyasi' yuklamasi va o'rnatilish usuliga ko‘ra 
tanlanadi. Vertikal apparatlarni polga yoki poydevorga o‘rnatish uchun tirgak panjalar, ularni 
to'sinlar oralig'iga osib quyish uchun esa — yon tirgaklar qo‘llanadi. 
Panja tiralib turadigan maydon (m2) tirgak konstruksiyasiya tushadigan maksimal 
bosimdan kelib chiqib aniqlanadi: 
Bu yerda: G
max
- apparatning, futerovkani, issiqlikdan muhofazasini, uzatish quvurlari va 
mahsulot massasini hisobga olgan holdagi massasi, kg; m - panjalar soni; P
sol
- solishtirma bosim.
Yotiq apparatlar egarsimon tirgaklarga o‘rnatiladi, ular apparatni aylanma bo'ylab kamida
120°C gacha qismini qamrab oladi. 

Download 214.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling