Amaliyot ishi № tasvirlarning turlari va tasvir fayllar bilan


Download 18.03 Kb.
bet1/3
Sana11.10.2023
Hajmi18.03 Kb.
#1697396
  1   2   3
Bog'liq
3-amaliyot ishi


AMALIYOT ISHI № 3.
TASVIRLARNING turLARI VA TASVIR FAYLLAR BILAN ishlash


Maqsad: Fayllardan tasvirni o’qishni, ularni MATLAB muhitida ko’zdan kechirishni, ular turlarini o’zgartirishni, kuzatish oynasi o’lchamlarini almashtirishni o’rganish. Dastlabki tasvirdan uning bit kartasini olish. Tasvirda 50*50 pikselli oynani qurish va qurilgan oynada yorug’likni taqsimlanishi to’g’risidagi ma’lumotni olish. Oynani siljuvchan qilish. Butun tasvirning va berilgan o’lchamli oynaning kontrastini o’zgartirish (oshirish/kamaytirish). Dastlabki tasvirning umumiy gistogrammasini va oynadagi tasvir bo’ylab harakatlanayotgan lokal gistogrammasini qurish. Yorug’liklar doiralari chegaralarini aniqlash.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tasvirlar turlari. Tasvirlar vektorli va rastrli bo’ladi. Grafikli primitivlar (sodda, oddiy) to’plami ko’rinishida tavsiflangan tasvirlar vektorli deb ataladi. Rastrli tasvirlar esa, o’zida elementlari ichida rang haqidagi ma’lumotni (piksellar) mujassam etgan ikki o’lchamli massivni ifoda etadi. Raqamli ishlovda rastrli tasvirlar foydalaniladi. Ular o’z navbatida – binar, nimrangli, palitrali va to’liq rangli turlarga bo’linada.
Binar tasvirning elementlari faqatgina ikkita qiymatni – 0 yoki 1 ni qabul qila oladilar. Bunday tasvirlarni keib chiqish tabiati eng xilma-xil bo’lishi mumkin. Lekin ko’p hollarda ular nimrang, palitrali yoki to’liq rangli tasvirlarni mahkamlangan yoki moslashuvchan ostonani binarlash usuli bilan ishlash natijasida olinadi. Binar tasvirlar ular ma’lumotlarni uzatishda juda ham qulayligi bilan afzallikka ega.
Nimrang tasvir biror-bir bitta rang jadalligi qiymatlaridan bittasini qabul qilishi mumkin bo’lgan elementlardan tashkil topadi. Bu turli xildagi tadqiqotlarda qo’llaniladigan ayniqsa keng tarqalgan turlardan biridir. Ko’p hollarda tasvir elementiga 8 bit rang chuqurligi foydalaniladi.
Palitrali tasvirlarda piksellar qiymati ranglar kartasi katagi(palitra)ga havola bo’lib xizmat qiladi. Palitra o’zidan ustunlarida bitta rangning rangli tashkil etuvchilarining jadalliklari joylashgan ikki o’lchamli massivni ifoda etadi.
Palitralilardan farqli o’laroq, to’liq rangli tasvirlarining elementlari ranglarni tashkil etuvchilarining yorug’ligi to’g’risidagi ma’lumotni bevosita saqlaydilar. Tasvir turini tanlash yechiladigan masalaga, kerakli ma’lumot qanchalar berilgan rang chuqurligi bilan to’liq va yo’qotishlarsiz taqdim etilishi mumkinligiga bog’liqdir. Shuningdek, to’liq rangli tasvirlardan foydalanish katta hisoblash xarajatlarini talab etishini inobatga olish kerak.
Raqamli tasvirlar(hoshiyalar)ni manfiy bo’lmagan (nimrang, palitrali va to’liq rangli tasvirlarning qiymatlari [0 255] doira(diapazon)ga kiritilgan) elementli matritsalar (sonlarning ikki o’lchamli to’g’ri to’rtburchakli massivlar) ko’rinishida ifodalash qabul qilingan. Matritsaning har bir elementi tasvirning bitta elementi – pikselga javob beradi. Tasvirning yorug’lik qiymati matritsasini tasvirning bit kartasi deb ataydilar.


Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling