Amaliyot ishi №4 Sex, uchaska va boshqa xonalar maydonlarini aniqlash; jixozlarni batafsil joylashtirish; asosiy energiya turlarini


Download 27.06 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi27.06 Kb.
#1344580
Bog'liq
amaliyot 6


Amaliyot ishi № 4
Sex, uchaska va boshqa xonalar maydonlarini aniqlash; jixozlarni batafsil joylashtirish; asosiy energiya turlarini (elektr energiya, siqilgan havo, suv, bug‘) aniqlash va boshqalar


Konstruktorlik qismini tayyorlashga uslubiy qo‘llanma
Umumiy qoidalar
Loyihaning konstruktorlik qismida quydagi qurilmalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:
- detallarni tayyorlash va qayta tiklash uchun mexanik ishlov berishdagi moslamalar;
- mashina, agregat va yig‘ma birliklarni detallarga ajratish yoki yig‘ish jarayoni uchun moslama va qurilmalar;
- detallarni nazorat qilish uchun moslamalar;
- mashina, agregat yoki yig‘ma birliklarni sinash uchun qurilmalar;
- payvand va metalni suyultirib qoplash uchun qurilma va moslamalar;
- galvanik bo‘lim uchun vannalar hamda qurilma va moslamalar.
Ishlab chiqilayotgan konstruksiyalarning hamma elementlari kerakli hisob-kitoblar bilan asoslagan bo‘lishi kerak (kinematik, mustaxkamlik, teplotexnik ish unumdorligi xizmat muddati va boshqalarga).
Nostandart jihozlar, moslamalar va qurilmalar loyihalashtirilganda birinchi navbatda eskizi tayyorlanadi. Moslamalar mashinalar, agregatlar, yig‘ma birliklarni tayyorlash va qayta tiklash texnologik jarayonini talablariga to‘liq javob berishi kerak.
Yangi loyihalashtirilayotgan moslama va qurilmalar konstruksiyasi yangi progressiv tayyorlash yoki remont texnologiyasiga mos tushishi, uni talablarini qondirish yani: tezxarakatlanuvchi, ko‘p drnigi, siqish elementlari pnevmatik, gidravlik yoki boshqa uzatmali mexanizmdan tashkil topishi maqsadga muofiqdir. Moslama konstruksiyasi detallarni tayyorlash yoki qayta tiklash texnologik jarayonni yengillashtirib, ish unumdorligini oshirish va uni ishlab chiqish detalning bazaviy yuzasidan kelib chiqish kerak.
Talaba moslama eskizini loyiha rahbari bilan maslaxatlashib kelishib oladi, shundan keyin moslamani kinematik sxemasi, uning detallarini mustaxkamlikka xisobi bajariladi.
Loyihaning birlamchi bosqichi bajarilgandan so‘ng, asosiy grafik qism-moslama konstruksiyasi ishlab chiqiladi. Grafik qismida moslama konstruksiyasini umumiy ko‘rinishi va 0,5 formatga uning detallarining ishchi chizmasi chiziladi. Moslama yoki qurilmaning umumiy ko‘rinishida ishlov berilayotgan detalni yoki remont qilinayotgan agregat, uzelni ko‘rsatish zarur, bunda detal yoki agregatni gabarit o‘lchamlari boshqa rang qilamda chiziladi. Moslamaning umumiy ko‘rinishida uning gabarit o‘lchamlari o‘qaro va bazaviy masofalar, hamda o‘rnatuv va tutash detallardagi chegaraviy qiymatlar ko‘rsatiladi. Umumiy ko‘rinishda standart bo‘yicha masshtab tanlanib u loyixaning shtampida ko‘rsatib o‘tiladi. Kerak bo‘lgan joylarda qirqim berilib, loyiha to‘ldiriladi.
Moslama detallarini spesifikatsiyalaganda ularning sonini materialini va chala maxsulot o‘lchamini ko‘rsatish kerak. detalirovka qilinmaydigan mashinasozlik normallari uchun, GOSt bo‘yicha ularni shartli belgilari yoziladi. Agar moslama konstruksiyasi murakkab bo‘lsa, hamma qismlarini umumiy ko‘rinishda yoritish imkoni bo‘masa, uni ma’lum uzel yoki yig‘mabirligi detalirovka varag‘ining yarmida ko‘rsatish mumkin.
Ishchi chizmalarida detallarning o‘lchamlari, yualarning notekisliklari va tutash yuzalarning chegaraviy qiymatlari ko‘rsatinishi kerak. xar bir detal ayrim formatga chizilib, (GOST bo‘yicha) alohida shtamp bilan taminlanadi. Ishchi chizmalarda har bir detal uchun tayyorlashning qisqa texnik shartlari ko‘rsatib o‘tiladi: termik ishlov turi, ishchi yuzaning qattiqligi, bazibir o‘lchamlarning chegaraviy chetlanishi va hokozolar.
Moslamalarni loyihalashtirishning asosiy bosqichlari.
Har qanday moslama yoki qurilma konsturksiyasini ishlab chiqishni quydagi bosqichlarda bajarish tavsiya etiladi:
- tenik topshiriq o‘rganib chiqiladi;
- qurimaning sxemasi tuzib chiqiladi;
- birlamchi hisob-kitob amalga oshiriladi;
- loyiha eskizi tuziladi;
- har-hil variantlari taxlil qilinadi;
- texnik loyihalash amalga oshiriladi;
- detallar konstruksiyasi ishlab chiqiladi.
Yangi qurilmalarni bunyod etishdagi birlamchi ijodiy bosqichda quydagilar amalga oshiriladi.
- qurilmaning prinsipial sxemasi tayyorlanib, uni tuzilishi va ishlash prinsiplari aniqlanadi;
- qurilmaning asosiy qismlarini bir-biri bilan muloqatini belgilovchi uni kompanovka sxemasi tuzib chiqiladi. Sxemani fazoviy xolatida chizgan maqul;
- kuch manbalari bilan va asosiy qismlar bilan muloqatdagi mexanizmlarning kinematik sxemasini chizib chiqiladi.
Download 27.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling