«Amaliyot ishi» 5330300 – Axborot xavfsizligi


Download 0.55 Mb.
bet9/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1632481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliyot yozgi

sp_rename – ma’lumotlar ba’zasi obyektlarini qayta nomlash uchun ishlatiladi, masalan, protsedura, jadval, indeks kabilarni.

  • sp_changeowner - ma’lumotlar ba’zasi obyektining egasini o’zgartirish uchun foydalaniladi.

  • sp_help - ma’lumotlar ba’zasi obyekti haqida ma’lumot beradi.

  • sp_helpdb – SQL Serverdagi ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot beradi.

  • sp_helptext - SQL serverida yaratilgan protsedura matnini taqdim etadi.

  • sp_depends - ma'lumotlar bazasi obyektiga bog'liq bo'lgan barcha ma'lumotlar bazasi obyektlarining tafsilotlarini taqdim etadi.

    SQL Aggregat funksiyalar (MIN, MAX, COUNT, AVG, SUM)


    Aggregat funksiyalarni o'rganishdan oldin SQL tilining ALIAS nomli elementi bilan tanishamiz. ALIAS jadval yoki ustunga vaqtinchalik nom berish uchun ishlatiladi va faqat so'rov davomidagina mavjud bo'ladi. ALIAS AS kalit so'zi yordamida yaratiladi. Uning sintaksisi quyidagicha:
    SELECT ustin_nomi AS vaqtinchalik_nomi FROM jadval_nomi;
    SQL tilida aggregat funksiyalar bir nechta qiymatlar ustida hisob-kitob amalga oshiradi va bitta qiymat qaytaradi. MIN(), MAX(), COUNT(), AVG(), SUM() kabi funksiyalar aggregat hisoblanadi.
    MIN() va MAX() funksiyalari ustunning eng kichik va eng katta qiymatini qaytarish uchun ishlatiladi. Masalan, quyidagi jadvaldan eng yoshi katta Xaridorning yoshini topamiz:

    SELECT MAX(XaridorYoshi) AS Max_yosh FROM Xaridorlar;

    COUNT() funksiyasi shartni qanoatlantiradigan qatorlar sonini topish uchun qo'llaniladi. Misol uchun, yuqoridagi jadvaldan jami qatorlar sonini topamiz, shuning uchun hech qanday shart bermaymiz. ALIAS ham kiritmaymiz, natijada ustun nomi funksiyamiz nomi kabi chiqadi.
    SELECT COUNT(XaridorId) FROM Xaridorlar;

    SUM() funksiyasi sonli ustunning barcha qiymatlarining yig'indisini hisoblab beradi. Keling, yuqoridagi jadvaldan Websayt = 'uzbekdevs.uz' bo'lgan Xaridorlarning yoshlarining yig'indisini hisoblaydigan so'rov yozamiz:
    SELECT SUM(XaridorYoshi) AS JamiYosh, Websayt FROM Xaridorlar WHERE Websayt = 'uzbekdevs.uz';

    AVG() funksiyasi sonli ustunning barcha qiymatlarining o'rtacha qiymatini hisoblab beradi. Keling, yuqoridagi jadvaldan barcha xaridorlarning o'rtacha yoshini hisoblaymiz:
    SELECT AVG(XaridorYoshi) AS OrtachaYosh FROM Xaridorlar;




    Download 0.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling