Amaliyot ishi shpurli zaryadlarni hisoblash
Download 46.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqАмалий №1
1- AMALIYOT ISHI SHPURLI ZARYADLARNI HISOBLASH. Ishdan maqsad: Shpurli va tashqi zaryadlardan foydalanib maydalanmasdan qolgan harsangtoshlarni ikkilamchi maydalash uchun PM sarfini va parametrlarini aniqlash. Konchilik ishlarida maydalanmay qolgan bo`laklarni ichki zaryadlar ta`siri yordamida maydalashda harsangtosh bo`lagi qalinligining 1/3 qismida diametri 28-30 mm bo`lgan bir yoki bir nechta shpurlar burg’ulanadi. Shpurlar yordamida maydalash uchun sarflanadigan PM zaryadining umumiy ogirlig`i quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Q = qv*V; (kg) bu erda: qv - ichqi zaryadlar ta`siri uchun PM ning hisobiy solishtirma sarfi, kg/m3; V - harsangtosh bo`lagining hajmi, m3. Bitta shpurdagi zaryad o g`irligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (kg) bu erda: - shpur diametri, m; - zaryadlash zichligi, kg/m3 - shpur uzunligi, m. - shpurning PM bilan to`lish koeffitsienti k=2/3. Katta hajmli bo`lakdagi shpurlar soni; N=Q/Q1
Harsangtosh bo`lagining ikkilamchi portlatishda tashQi zaryadlar yordamida portlatilganda PM zaryadning umumiy og’irligi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
Q=qn*V bu erda: qn - tashqi zaryadlari ta`siri uchun PM ning hisobiy solishtirma sarfi (quyma), kg/m3. qv va qn kattaliklari quyidagi tablitsada keltirilgan. Agar xarasangtoshlarni ikkilamchi maydalashda gidroportlatish usuli qo`llanilsa, PM ning hisobiy solishtirma sarfini ichki zaryadlardan farqli ravishda 5-10 marta kamaytirish mumkin. Bu usul yordamida portlatishda shpurga suyuklik va kam miqdorda PM zaryadi joylashtiriladi. Shpurning PM zaryadi bilan to`ldirilmagan qismiga zaboyka joylashtiriladi. Tashqi ya`ni quyma zaryadlarda esa zaryad usti tashqi zaboyka bilan yopiladi. Misol: quyma PM zaryadi va shpurdagi PM zaryadi massasini aniqlang: shuningdek VIII - kategoriyali, o`lchamlari 2x1,5x1m bo`lgan maydalanmay qolgan harsangtoshni burg’ulash sarfini aniqlang. Echish: Shpur chuqurligini aniqlaymiz Kerak bo`ladigan zaryadning umumiy og’irligini aniqlaymiz Q=qv*V=0,2*3=0,6 kg; 900 kg/m3 zichlikda zaryadlaganda bitta shpurga ketadigan zaryad og’irligini aniqlaymiz. Kerak bo`ladigan shpurlar soni N=Q/Q1=0,6/0,28=2 dona; harsangtoshni burg’ulash uchun ketadigan burg’ulash sarfi L=2*lsh=2*0,67=1,34 m. Tashqi zaryad uchun kerak bo`ladigan zaryad og’irligi Q=qn*V=1,45*3=4,4 kg. Download 46.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling