Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar
Download 360.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konse (1)
G‘arbiy Evropa modelini shakllanishiga Evropa davlatlari
olimlarining tadqiqotlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, bixeviorizim ta’siri ostida boshqaruvni psixologiyalashtirish tendensiyasi kuzatiladi. Faraz qilinadiki, pulli mukofatlash barcha harakatlarni belgilab beruvchi yagona omil bo‘lmaydi. Ular ko‘proq yakka shaxsning hulqiga bog‘liq bo‘lgan psixiologik motivatsiyani belgilab beradilar. Keyingi yillarda amerikali tadbirkorlar ko‘pincha YAponiyaning ilg‘or tajribasi, yaponlarni muvaffaqiyatga olib kelgan yangiliklarni o‘z korxonalariga ko‘chirish uchun harakatlar qilganlar. Bu “aniq vaqtda”, “sifat to‘garaklari”, xodimlarning uzoq muddatli yoki “umrbod yollash” va boshqalardir. Ammo ularni barchasi ham uzoq yashay olmagan. O‘tgan asrning o‘rtalarida holat teskari bo‘lgan. YApon firmalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy tuzilmani tashkil qilish va boshqa amerikacha tamoyillarni qabul qilganlar. Mashhur “sifat to‘garaklari” va “aniq vaqtida” etkazib berish tizimi Amerikada vujudga kelgan, ammo dastavval u erda keng tarqalmagan. Ular birinchi marta yapon firmalarida qo‘llana boshlanganlar va yaxshi natijalar keltirganlar. SHuning bilan bir vaqtda amerikacha “insoniy resurslar”ni boshqarish usullari YAponiyada qo‘llanish topmagan. Bu menejmentning bitta modelini boshqa davlat iqtisodiyotiga uning o‘ziga xos xususiyatlarini etarlicha hisobga olmasdan ko‘chirish mumkin emasligidan darak beradi. 1. Ilmiy boshqaruv maktabining boshqaruv nazariyasi va amaliyotini rivojlanishidagi roli qanday? 2. Boshqaruvga tizimli yondashuvning mohiyati nimadan iborat? 3. Boshqaruvga jarayonli yondashuv nimadan iborat? 4. Amerikacha menejmentning xususiyatlari nimadan iborat? 5. YApon menejmenti falsafasining mazmuni nimada? 6. Menejmentning yapon va amerikacha modellari o‘rtasidagi farqlar nimadan iborat? Download 360.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling