Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha)
Download 360.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konse (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Menejmentning xorijiy modellari
- Menejmentning amerikacha modelini
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda
keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar. 1.4. Menejmentning xorijiy modellari Menejmentni mavjud bo‘lishi davrida ko‘pgina xorijiy mamlakatlar, o‘zlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko‘pgina ma’lumotlarni to‘plaganlar. Bu to‘plangan tajribani o‘rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. SHuning bilan birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval YAponiya tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan boshqasiga ko‘shirishning amalda iloji yo‘q. Menejmentning xususiy modelini yaryatishda mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining pishib etilishi kabi omillarning ta’sirini hisobga olish zarur. Menejmentning amerikacha modelini o‘rganish ma’lum sho‘‘baiqish uyg‘otadi. Amerikacha menejment AQSHga g‘arbiy mamlakatlar orasida etakchi o‘rinni egallashga imkon bergan. Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi. Amerikacha mejentment yana o‘ziga asoschisi Anri Fayol bo‘lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo‘nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. 20-30 yillarda xo‘jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o‘tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan. Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o‘zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi konsepsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog‘liqdir. “Insoniy resurslar menejmenti” atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik sotsiolog R.E.Maylz o‘zining asarlaridan birida “Insoniy munosabatlar” modeliga “Insoniy resurslar” modlelini qarama-qarshi qo‘ygan. “Insoniy resurslar” modeli strategik, tashkilotning asosiy maqsadlarini hal qilishga ko‘maklashuvchi sifatida ko‘rib chiqilgan. “Insoniy resurslar” modeli shaxsning tashkilotdagi faol o‘rniga qaratilgan. Har bir kishi o‘z mehnatining natijalariga javob berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o‘z mehnati bilan ularga erishishga ko‘maklashishi kerak. O‘z navbatida tashkilot o‘z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy rag‘batlantirishi va xizmatda ko‘tarilish yordamida sho‘‘baiqtirishi kerak. Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi: - bozorning mavjudligi; - ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli; - tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya. Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aksiyadorlari esa foydaning o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdoriga mutonosib bo‘lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo‘lgan va egalari ishchilar faoliyatini to‘liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o‘rniga kelganlar. Menejment nazariyachilarining fikriga ko‘ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o‘z orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo‘yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o‘tgan. Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo‘ladilar. Amerika korporatsiyalari o‘zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM raqobatbardosh mahsulotni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo‘yicha mahsulotni ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi. Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to‘rtta asosiy shakllari keng tarqalgan: 1. Ishchilarni sex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi. 2. Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo‘shma qo‘mitalari)ni tashkil qilinishi. 3. Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi. 4. Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi. Download 360.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling