2. Asosiy bosqich.Talabaning malaka amaliyotidagi faoliyati bevosita ta'lim-tarbiya hamda sinfdan tashqari ishlarda ishtirok etishni taqozo etadi.Pedagogik amaliyot davrida olingan shaxsiy tajribadan foydalanilgan holda kurs ishlarini, malakaviy bitiruv ishlarini yozish uchun materiallar to'playdilar hamda tajriba-sinov ishlarini o`tkazadi.
3. Yakuniy bosqich.Malaka amaliyotiningyakuniy bosqichida talabaning malaka amaliyotono o'tash jarayonida bajargan ishlari natijalari tahlil qilinadi. Amaliyot jarayonida to'plagan materiallari va olgan bilimlari yuzasidan hisobot konferensiyalari tashkil etiladi. Talaba tomonidan tayyorlangan xisobotlar himoya qilinadi.
2.2. Pedagogik amaliyoti davrida amaliyotchi talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
1. Amaliyot ob'ekti (uzluksiz ta'lim tizimining umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari) hususiyatini, o'quvchilarning yoshi va individual hususiyatlarini hisobga olishni bilish.
2. Dastur mavzularini o'tish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida
e'tibor berishni bilish.
3. Fan bo’yicha o’quv va sinfdan tashqari pedagogik faoliyat sinf rejalarining mazmunini anglash.
4 O'quv jarayonining turli zamonaviy metodlarini tadbiq etishni bilish
5. O'quv-tarbiya ma’naviyat ishlaini mazmin mohiyatini bilish va tahlil qilishni bilish.
6. Amaliyot ob'ektlari jamoasi bilan, ayniqsa fan o'qituvehilari, sinf rahbarlari bilan hamkorlik qiIishi bilish.
7. Fanga, jamoaga, o’quvchilarga o’quvchilarning munosabatlarini bilish uchun monitoring usullarini anglay olishni bilishlari shart.
2.3. Pedagogik amaliyotini tashkil etishning asosiy tamoyillari:
1. Pedagogik amaliyotining DTSga muvofiqligi.
2. O'zbekiston Respublikasi «Ta’lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliv dasturi» talablari asosida ko'rib chiqilgan va tasdiqlangan «O'zbekiston Rcspublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida»gi Nizomga mosligi.
3. Pedagogik amaliyotining OTM o'quv rejalari va amaliyot dasturlariga muvofiqfigi.
4. Pedagogik amaliyotida nazariya va amaliyot birligi.
5. Pedagogik amaliyoti natijalari muhokamasida oshkoralik.
6. Pedagogik amaliyoti natijalarini baholashda amaliyot amaliyot o' tash ob'yektlari rahbarlarining ob'ektivligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |