Amaliyotchi talaba Tashpulatova Maftuna Alisherovna Samarqand viloyati Pastarg'om tumani 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 14-fevraldan 2022-yil 14-martgacha pedagogik amaliyotini o’tadi


Download 13 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi13 Kb.
#1447063
Bog'liq
ttttttttttt


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili ll fakultetining im yo'nalishi 3-bosqich 303-guruh talabasi Tashpulatova Maftuna Alisherovna Samarqand viloyati Pastarg'om tumani 13-umum o'rta ta'lim maktabi direktori To'xtayev. I tomonidan

TAVSIFNOMA
Amaliyotchi talaba Tashpulatova Maftuna Alisherovna Samarqand viloyati Pastarg'om tumani 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 14-fevraldan 2022-yil 14-martgacha pedagogik amaliyotini o’tadi. Passiv amaliyot davrida talaba maktab rahbariyat tarkibi, sharoiti bilan, shuningdek, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari bilan yaqindan tanishdi. Dars jarayonini qanday tashkil etish, o’quvchilar bilan dars jarayonida qanday ishlash kabi ko’nikmalar talaba Tashpulatova Maftuna tomonidan qiziqish bilan kuzatib borildi.
Aktiv amaliyot ya’ni amaliyotning asosiy bosqichida talaba Tashpulatova Maftuna o’ziga biriktirilgan sinfga mustaqil dars o’ta boshladi. Maktab ma’muriyati tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amaliyotchi talabaga darsni tashkil etish, uni olib borish bo’yicha o’z ko’rsatma va takliflarini berib bordi. Amaliyotchi talaba nafaqat ingliz tili balki boshqa fan o’qituvchilarining darslariga kirib kuzatdi, darsning afzallik jihatlari va kamchiliklarini tahlil qildi. O’quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o’zining o’quv va tarbiyaviy ish rejalarini tuzdi. Talaba Tashpulatova Maftuna faol amaliyotga kirishdi, o’qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar tashkiliy ishlarida yaqindan yordam berdi. Amaliyotchi talaba, shuningdek, o’ziga biriktirilgan sinfga turli xil ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari, tarqatma materiallar, kompyuter kabi texnik jihozlardan foydalangan holda dars jarayonlarini qiziqarli hamda samarali tarzda tashkil etdi. Amaliyotchi talaba 6- D sinfga biriktirildi. O’zining tirishqoq, talabchanligi bilan hamda sinf auditoriyasini quvnoq atmosferani hosil qilib, maktab o’quvchilarida iliq taassurot qoldirdi. U tomonidan o’tkazilgan tarbiyaviy soat darsi sinf rahbari tomonidan yuqori baholandi.
Xulosa o’rnida, amaliyotchi talaba pedagogik faoliyatni o’rganishda har tomonlama faollik ko’rsatdi va hosil qilgan ko’nikmalarini dars jarayonlarida sinab ko’rdi. O’ziga yuklatilgan har bir vazifani vaqtida, tirishqoqlikk bilan bajardi. Boshqa fan o’qituvchilarining hurmatiga sazovor bo’ldi va o’quvchilar bilan til topisha oldi. Amaliyotchi talaba o’z ko’zlagan maqsadiga erishdi, ya’ni maktab hayoti hamda faoliyati bilan yaqindan tanishdi, o’qituvchilik kasbining sir-asrorlarini qunt bilan o’rgandi. Tashpulatova Maftunaning tirishqoqligi, o’ziga yuklatigan vazifalarni astoydil bajarganligini hisobga olgan holda maktab ma’muriyati unga a’lo ya’ni 5 ball qo’yishni tavsiya etadi.
Maktab direktori: ________ ________________________
Qabul qiluvchi tashkilotdan
amaloyot rahbari: ________ ________________________
Download 13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling