Amaliyotchi talabaga tavsifnoma


Download 13.87 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.87 Kb.
#1573773
Bog'liq
TAVSIFNOMA


AMALIYOTCHI TALABAGA TAVSIFNOMA
Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi ta'lim yo‘nalishi 4-kurs 401- guruh talabasi Ermanova Nodira Abdulazizovna Toshkent viloyati Nurafshon Shahar Xalq Talim Bo’limi tasarrufidagi 32-umumiy o’rta ta’lim maktabda amaliyot o’tash bo’yicha
TAVSIFNOMA
Ermanova Nodira Abdulazizovna pedagogik amaliyotni o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashtirishda informatika fani o’qituvchisi J.Suvonova astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi. O‘qituvchilarni darsida faol ishtirok etib metodik tavsiyalar,usullarni o‘rgandi.
O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib, o’zi ham mustaqil tarzda darslarni o’tkazdi. 9-sinf o‘quvchilari bilan "Sodda animatsiya dasturini yaratish" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
Amaliyotchi talaba darsda "Moziyga nazar" usuli bo‘yicha darsni olib bordi. O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, ularni barchasini qiziqtira oldi. Dars davomida yangi uslub va usullardan foydalanildi. Dars oxirida guruh o‘quvchilarni yangi usul bilan rag‘batlantirib, baholadi. Informatika faniga qiziqqan o’quvchilar bilan yaxshi aloqa o’rnatib, ularga qo’shimcha darslar ham tashkillashtirib berdi. Shuningdek, amaliyotchi talaba ona tili va adabiyot, fizika, matematika, ingliz tili fani o‘qituvchilarining darslarida tahlil natijalari bilan fikr almashdi. Ulardan yangi metodik tavsiyalarni o‘rganib oldi. Shu bilan bir qatorda AKT faoliyat bo‘yicha ham darsda zarur bo‘ladigan jadvallarni tuzish, animatsiyali taqdimotlar yaratish bo‘yicha informatika fani o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat olib bordi.
Darsdan tashqari paytlarda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan bir qatorda iqtidorli o‘quvchilar bilan birga qo’shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadi. Amaliyotchi talaba darsi "5" baho bilan baholandi. Kelajakda Ermanova Nodira malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.
Maktab direktori: A.G.Abduraxmanova
Download 13.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling