Amaliyoti fanidan mustaqil ishi
Download 414.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tariXI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QALANDAROV SEVINCHBEKNING BADMINTONNI O`QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
- Mavzu: Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Reja
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JISMONIY MADANIYAT YO`NALISHI 1-KURS SIRTQI TALABASI QALANDAROV SEVINCHBEKNING BADMINTONNI O`QITISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Qabul qildi: ____________________ Mavzu: Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Reja: 1. Badminton o‗yinining kelib chiqish tarixi. 2. Badminton o‗yinining rivojlanishi 3. Badminton o‗yinning turlari va u haqida qiziqarli faktlar. 4. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Badminton o‘yinining kelib chiqish tarixi. Badminton (Angliyaning Badminton sh. nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib o`ynaladigan tennisga o`xshash sport o`yini. O`yin to`rtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha o`lchovi 13,4x5,2 m va juftli o`yinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan to`rda o`tkaziladi. O`yinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur o`ynaladi. Xol 0 va juft bo`lganda koptokcha o`ngdan, toq bo`lganda chapdan uriladi. Juftli o`yinlarda o`ng tomondan boshlanib, har xoldan keyin o`yinchilar sherigi bilan o`rin almashtiradi. B. qad. Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-a. 70- y.larida Angliyada rasm bo`lib, o`yin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934 y. tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat a`zo (1991). 1977 y.dan jahon birinchiligi o`tkazib kelinadi. 1992 y.dan Olimpiya o`yinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947 y.dan), ayollar uchun Uber kubogi (1955 y.dan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. B. O`zbekistonda 50- y.lardan rivojlana boshladi. Badminton insoniyat tamaddunining eng qadimiy o‗yin- laridan biridir. Uning kelib chiqishi borasida ko‗plab afsonalar mavjud. Qadimgi Yunoniston, Yaponiya, Hindiston va hatto Afrika halqlarining rivoyatlarida bundan ikki ming yillar awal kattalar va bolalar volan (badminton koptogi) o‗ynaganliklari qayd etilgan. ―Uchuvchi pat‖ deb nomlangan qadimiy sport o‗yini Xitoyda eramizdan ming yil oldin ham ma‘lum boigan. Bu chiroyli o‗yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni fransuzcha «volan» (ya‘ni «uchadigan») deb atashgan. Ammo bu o‗yin Yevropaga Sharqdan o‗tgan. Bu chiroyli o‗yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni fransuzcha «volan» (ya‘ni «uchadigan») deb atashgan. Ammo bu o‗yin Yevropaga Sharqdan o‗tgan. Uni o‗tgan asrda Hindistondan ingliz gersogi olib kelgan. Gersogning yeri Badminton shahriga yaqin joyda bo‗lgan. Bu o‗yinni mana shu shahar nomi bilan ataydigan bo‗ldilar. Badminton o‗yini tennisga o‗xshash. U tekis va qattiq maydonchada o‗ynaladi. Badminton raketkasi vazni tennis raketkasi vazniga qaraganda 2–3 marta yengil. Raqiblarni bir-biridan ajratib turuvchi to‗r 155 santimetr balandlikka tutiladi. Maydoncha hajmi to‗rt kishi o‗ynaydigan o‗yin uchun 13,4x6,1 metr, ikki kishi o‗ynaydigan o‗yin uchun 13,4x5,2 metr bo‗lishi kerak. O‗yin davomida raqiblar raketka bilan volan (patli koptokcha)ni yerga tushirmay to‗rdan oshirib raqib tomoniga qaytaradilar. Ochko (xol)lar soni xuddi voleyboldagidek 15 gacha sanaladi. Ayollar va bolalar 11 ochko (xol)gacha o‗ynaydilar. O‗yin 3 yoki 5 partiya (qur)dan iborat bo‗ladi. Avvallari po‗kakdan tayyorlangan kichkina koptokcha volan o‗rnida ishlatilgan bo‗lib, havoda yaxshi parvoz qilishi uchun uning bosh qismiga g‗ozning 16 ta pati qadab qo‗yilgan. Hozirgi paytda badminton uchun volanlar plastmassadan tayyorlanadi va uning ko‗rinishi kichkina savatcha shaklida bo‗ladi. Yaxshi o‗yinchi volanni urib qaytarganda, uni raqib maydoniga goh sekin tushirishi, goh raqib kutmagan joyga tushirishi mumkin. O‗yin juda shiddatli, keskin va tez o‗tadi. Badmintonni yalanglik, maysazor, cho‗milish joylarida ham o‗ynash mumkin. U Yaponiyada ―oyabane‖ deb atalgan hamda bir nechta g‗oz pati va quritilgan sakura mevasidan tayyorlangan volanni yog‗och raketkalarda oshirib tashlashga asoslangan. V.Gyugo va I.F.Shillerlarning asarlaridan Yevropada XVI asrda o‗ynalgan volan o‗yini haqida bilib olish mumkin. Fransiyada bunday o‗yin ―je-de-pom‖ (olma bilan o‗vnash) deb nomlangan. o‘rta asr ingliz gravyuralarida bir-birlariga volanni oshirayotgan dehqonlar tasvirlangan. XVIII asrga oid rasmlar Rossiyada ham insonlar o‗sha paytda shunga o‗xshash o‗yinni o‗ynaganlaridan dalolat beradi. Gavriil Derjavin ham patli koptok haqida yozib qoldirgan. 1650-yilda Shvetsiya qirolichasi Kristina Stokgolmdagi Royal Palas (Qirollik saroyi) yaqinida saroy ayonlari va xorijiy mehmonlar bilan ―patli koptok‖ o‗ynash uchun maxsus kort qurdiradi. Mazkur kort Shvetsiya poytaxtida hanuzgacha saqlanib qolgan hamda bugungi kunda cherkov mulki hisoblanadi. XIX asrda Angliyada gersog Beford xonadonida volan o‗yini ayniqsa juda ommalashadi. Gersog badminton Assotsiatsiyasining homiysi bo‗lgan. Bugungi kunda u egalik qilgan Front Xollda ko‗hna raketka va volanlaming ajoyib kolleksiyasi saqlanadi. 1860-yilda Isaak Sprat badminton haqida kitob yozdi va unda ushbu o'yinning ilk qoidalarini tavsiflab berdi. Download 414.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling