Badminton ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini
yaxshilaydi.
Badminton ko‗zning ko‗rish qobiliyatini yaxshilaydi, chunki o‗yin davomida
ko‗z mushaklari ishlaydi. Yo‗nalishini tez-tez o‗zgartirayotgan volanning
uchishini
kuzata turib, ko‗z shug‗ullantiriladi. Bu uzoq va yaqinni ko‗rishni
yaxshilaydi.
Badminton,
shuningdek, strategik
fikr yuritish hamda tezkor
reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini
kuzatib va uning
yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‗z miyasini tezda qaror qabul qilishga
majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‗l keladi. Badminton,
shuningdek, inson yurak qon-tomir tizimini ham shug‗ullantiradi
va uni yanada
chidamli bo‗lishiga xizmat qiladi.
Farzandga nega badminton o‘ynashni o‘rgatish kerak?
Doim kompyuter ekrani yoki smartfonga tiqilib vaqt o‗tkazuvchi
bolalarga
badminton, ayniqsa, foydali. Chunki o‗yin vaqtida ko‗z mushaklari faol ishlaydi.
Badminton bo‗yicha mashg‗ulotlar epchillik va chidamlilikni rivojlantiradi.
Bola jismoniy jihatdan rivojlana boshlaydi.
O‗yin reaksiyani kuchaytiradi va tezda qaror qabul qilish ko‗nikmasini
o‗stiradi.
Badminton bola xarakterini rivojlantiradi. Har kuni u musobaqalashadi va g‗alaba
qozonishni o‗rganadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. John Edwards – Badminton.
Technique
, tactics, training.
The Crowood Press
Ltd 2014.
2. Bernd-Volker Brahms – Badminton Handbook.
Training
, tactics, competition.
Maidenhead: Meyer and Meyer Sport (UK) Ltd., 2014
3. Помыткин В.П. Книга тренера по бадминтону. Теория и практика// ОАО
«Первая образцовая типография», филиал «УЛЬЯНОВСКИЙ ДОМ
ПЕЧАТИ», 2012.
4. Смирнов Ю.Н. – Бадминтон. Учебник для института физической культуры.
«Физкультура и спорт»
5. Щербаков А.В., Щербакова Н.И. – Игра бадминтон. Москва 2009.
6.
http://wikipedia.org
7.
http://fayllar.org
8.www.kun.uz