Amaliyotining


BITIRUV MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


Download 262.02 Kb.
bet10/14
Sana26.01.2023
Hajmi262.02 Kb.
#1123806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Bitiruv oldi amaliyoti dasturi

BITIRUV MALAKAVIY AMALIYOTI HISOBOTINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq tarzda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi.
Hisobot titul varaqasi, asosiy qism, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo‘lishi lozim.
Hisobotda amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha asosiy yo‘nalishlar va topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlar bayon etilishi talab etiladi. Ish turlarining mazmuni kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi.
Bitiruv oldi malakviy amaliyoti bo‘yicha hisobotni butun amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. Hisobotda talaba kelajakda amaliyotni tashkil etish va o‘tash ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi.
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Amaliyot kundaligi talaba tomonidan ehtiyotkorlik bilan, o‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi, siyohli ruchka bilan yozilishi lozim. Amaliyot kundaligiga yozilgan yozuvlar amaliyot obyektidan tayinlangan rahbar tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Kundalik belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda amaliyot hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobot standart hajmdagi qog‘ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqoridan va pastdan 2 smdan joy qoldirib yoziladi. Uning betlari 2-betdan boshlab ketma-ketlikda raqamlashtiriladi.
Hisobotning namunaviy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  1. Titul varag‘i;

  2. Mundarija;

  3. Kirish;

  4. Asosiy qism (bajarilishi tavsiya etilgan topshiriqlar bo‘yicha yozilgan batafsil ma’lumotlar);

  5. Xulosa va takliflar;

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

  7. Ilovalar.




    1. Download 262.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling