Amaliyotining
Download 262.02 Kb.
|
Bitiruv oldi amaliyoti dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
2
MUNDARIJA:Kirish 4 Umumiy qoidalar 6 Bitiruv oldi malakaviy amaliyotining maqsadi va vazifalari 6 Bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o‘tash tartibi 7 Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti davomida bajarilishi tavsiya etiladigan topshiriqlar ………………..…………………………………………………. 7 Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti davomida talabalar amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar 12 Bitiruv malakaviy amaliyoti hisobotini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar 13 Bitiruv oldi malakaviy amaliyotini yakunlash va hisobotini himoya qilish tartibi 14 Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotini baholash tartibi va mezonlari 14 Ilovalar 17 KIRISHZamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlovchi, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan universitetda tahsil olish jarayonida o‘tilgan fanlardan olingan nazariy bilimlar majmuasini amaliyotda qo‘llay olish ko’nikmalarini shakllantirishda bitiruv oldi malakaviy amaliyotining o‘rni beqiyosdir. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida universitetlarning tadbirkorlik subyektlari bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda va shu orqali korxonalarning talablaridan kelib chiqqan holda mutaxassis kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. Bu esa mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan oliy ta’limda amaliyotning ahamiyati oshib bormoqda. Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30- oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, mehnat bozori talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyosdir. 5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi kechki ta’lim shakli 5-kurs talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘lajak mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ushbu dastur mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan tub islohotlar davrida “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv oldi malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblandi. “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi kechki ta’lim shakli 5-kurs talabalarining o‘quv rejasiga muvofiq bitiruv oldi malakaviy amaliyoti 9-semestrda amalga oshiriladi. Mazkur bitiruv oldi malakaviy amaliyoti Termiz davlat universiteti rektorining 2022-yil 10-oktabrdagi №66-sonli buyrug’iga asosan 2022-yil 10-oktabrdan 2022-yil 17-dekabrgacha davom etib, amaliyotning umumiy davomiyligi 10 haftani tashkil etadi. Bitiruv oldi malakaviy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha talabalarga taqdim etilgan kundalikka muvofiq ushbu dasturda tavsiya etilgan har bir mavzu va undagi topshiriqlarga e’tibor bergan holda amaliyot obyektini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Download 262.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling