Amaliyotining


topshiriq: Amaliyot obyektining ishlab chiqarish fondlari bilan tanishish


Download 262.02 Kb.
bet6/14
Sana26.01.2023
Hajmi262.02 Kb.
#1123806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bitiruv oldi amaliyoti dasturi

topshiriq: Amaliyot obyektining ishlab chiqarish fondlari bilan tanishish. Ushbu topshiriq bo‘yicha talaba amaliyot obyektining ishlab chiqarish fondlarining (asosiy va aylanma fondlar) umumiy qiymati va ularning tarkibini tahlil qilib chiqadi. Bundan tashqari, amaliyot obyektida ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil etadi.

Ushbu topshiriq bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. Amaliyot obyektining ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni to‘g‘risidagi tahliliy jadvallar;

  2. Amaliyot obyektining so‘nggi yillardagi yillik hisobotlari tarkibidagi ishlab chiqarish fondlari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar.



  1. topshiriq: Amaliyot obyektida tuziladigan rejalar va ularning mazmunini o‘rganish.


Ushbu topshiriq bo‘yicha talaba amaliyot obyektida moliyaviy rejalashtirishning tashkil etilishi, shu jumladan korxona yoki tashkilotning oxirgi 3 yildagi har xil turdagi moliyaviy va boshqa tegishli rejalari bilan tanishadi va to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib xulosalar chiqaradilar.
Topshiriq bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini yozishda jadval va rasmlardan foydalanish kerak (diagramma va grafiklar), shu bilan birga hisobot matnidagi barcha jadval va raqamlarga havola qilinib, raqam ko’rinishida berilgan ma’lumotlarning batafsil tahlili berilishi kerak hamda o’rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Ushbu topshiriq bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. Amaliyot obyektining so‘nggi 3 yildagi rejalaridan nusxalar;

  2. Amaliyot obyektining keyingi davrlar uchun ishlab chiqqan bashorat ko’rsatkichlari.



  1. topshiriq: Amaliyot obyektidagi hisob tizimi bilan tanishish.


Ushbu topshiriq bo‘yicha talaba amaliyot obyektida yuritilayotgan hisob tizimi bilan tanishishi lozim. Bunda talabadan amaliyot obyektidagi operativ, moliyaviy va statistik hisob shakllarining tashkil etilishi va yuritilishi bilan batafsil tanishib borish, ular bo’yicha o‘z xulosalarini yozish talab etiladi.
Ushbu topshiriq bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. Amaliyot obyektida yuritilayotgan hisob shakllari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar;

  2. Amaliyot obyektida yuritilayotgan hisob shakllarida qo‘llaniladigangan shakllardan namunalar.

  1. Download 262.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling