Amaliyotining
topshiriq: Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni
Download 262.02 Kb.
|
Bitiruv oldi amaliyoti dasturi
topshiriq: Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni rasmiylashtirish.
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba amaliyot obyektining moliyaviy strategiyasi va rivojlanish istiqbollarini o‘rganadi va tadqiqot natijasida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib xulosalar jamlanadi. Bitiruv oldi malakaviy amaliyot hisobotida barcha mavzular bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar shakllantiriladi, jamlanadi, tegishli hujjatlar ilova qilinadi hamda jamlangan holatda hisobot rasmiylashtiriladi. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTI DAVOMIDA TALABALAR AMAL QILISHI LOZIM BO‘LGAN QOIDALARAmaliyotchi-talaba bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o‘tash chog‘idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim: amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi professor-o‘qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to‘liq bajarish; korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o‘rganib, ularga rioya qilish; korxonada texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o‘rganib, ularga qat’iy rioya qilish; o‘z kundaligida har bir kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga kelib korxonadan tayinlangan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish hamda haftada bir marotaba universitet tomonidan tayinlangan rahbardan tegishli tavsiyalar olish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi); bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisoboti uchun zarur ma’lumotlarni yig‘ish, ularni o‘rganish va tahlil etish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish; korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish; bitiruv oldi malakaviy amaliyoti davomida amaliyot obyektidan olinishi lozim bo’lgan hujjatlarni (amaliyot obyekti rahbarining talabaga amaliyot rahbari tayinlash bo‘yicha buyrug‘idan ko‘chirma, amaliyot obyekti tomonidan talabaga berilgan tavsifnoma) olish va hisobotga ilova qilish; bitiruv oldi malakaviy amaliyoti tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga taqdim etish. Amaliyot obyekti hisoblangan korxona va tashkilotlarning ichki tartib- qoidalarini buzgan amaliyotchi-talaba to‘g‘risida universitet rektori nomiga xabar jo‘natiladi. Amaliyot dasturi bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsiz baho olgan talabalar bitiruv oldi malakaviy amaliyoti bo‘yicha akademik qarzdor hisoblanadi va talabalar safidan chetlashtiriladi. Download 262.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling