Amaliyotining


UMUMIY QOIDALAR BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 262.02 Kb.
bet2/14
Sana26.01.2023
Hajmi262.02 Kb.
#1123806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bitiruv oldi amaliyoti dasturi

1. UMUMIY QOIDALAR

    1. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Talabalarning bitiruv oldi malakaviy amaliyoti bakalavrlarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyotining asosiy maqsadi - bitiruvchini bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rganish, yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to‘plash hisoblanadi.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot davomida talabalar tomonidan quyidagi
vazifalarni hal etish belgilanadi:

tanlangan faoliyat sohasida kasbiy kompetensiyani shakllantirish;

  • tanlangan faoliyat sohasida korxona, tashkilot va muassasalarda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektda o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rganish;

  • amaliyot obyekti va boshqa subyektlar o‘rtasidagi hujjatlar aylanishini o‘rganish;

  • amaliyot davomida kerakli statistik va amaliy materiallarni to‘plash, ularni umumlashtirish va tizimlashtirish;

  • bitiruv oldi malakaviy amaliyoti natijalari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, uning natijalari bo‘yicha xulosalar yozish;

  • amaliyot obyektida mavjud tartib qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish;

  • bitiruv oldi malakaviy amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, uni o‘tash

paytida to‘plangan materiallar mazmunini tavsiflash;

  • zarur statistik ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Amaliyot davrida talabalar nafaqat bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o‘tayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining asoslarini o‘rganibgina qolmasdan, balki jamiyat hayotida va obyektning jamoat ishlarida faol ishtirok etishlari kerak.
5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi kechki ta’lim shakli 5-kurs talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyotini tashkil
etishda talabalarning korxona va tashkilotlar faoliyatini tashkil etish, ularning boshqarish tizimi, korxona va tashkilotlar faoliyatini rejalashtirish va prognozlash tizimi, korxonalarda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakllari, korxonalarda ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining tashkil etilishi, korxona faoliyatini chuqur iqtisodiy tahlil etish, operativ va moliyaviy hisob hujjatlarining yuritilishini o‘rganish va tahlil qilish, korxona tomonidan tayyorlanadigan hisobot shakllari va ularning tuzilishini o‘rganish va boshqa shu kabi korxonalar faoliyatida yuz beradigan jarayonlar yuzasidan amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti davomida talabalar amaliyot natijalariga asoslangan statistik ma’lumotlarni to‘plashlari, tizimlashtirishlari va tahlil qilishlari, hisobot tayyorlashlari va himoya qilishlari talab etiladi.
Mazkur dastur turli mulkchilik shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik subyektlarida bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o‘tash uchun mo‘ljallangan.

    1. Download 262.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling