Amaliyotining
topshiriq: Amaliyot obyektining boshqa hamkor tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarini tahlil qilish
Download 262.02 Kb.
|
Bitiruv oldi amaliyoti dasturi
topshiriq: Amaliyot obyektining boshqa hamkor tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarini tahlil qilish.Ushbu topshiriq bo‘yicha talaba amaliyot obyektining hamkorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi, hamkor korxona va tashkilotlar bilan amalga oshirgan munosabatlarini o’rganadi. Bunda talabadan amaliyot obyektining o‘z hamkorlari bilan munosabatlarni tashkil etishini batafsil tanishish, ular bo’yicha o‘z xulosalarini yozish talab etiladi. Ushbu topshiriq bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: Amaliyot obyektining hamkor korxonalar bilan tuzgan shartnomalaridan nusxalar; Amaliyot obyektining hamkorlari bilan amalga oshirgan iqtisodiy aloqalarining tahlili. topshiriq: Amaliyot obyektining moliya va soliq organlari bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganish.Ushbu topshiriq bo‘yicha talaba so‘nggi 3 yil mobaynida amaliyot obyektining moliyalashtirilishi va soliqqa tortilishi bilan tanishadi va amaliyot tadqiqoti davomida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib xulosa chiqaradi. Ushbu topshiriq bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: So‘nggi 3 yil mobaynida amaliyot obyektining moliyalashtirilishi haqidagi ma’lumotlar. So‘nggi 3 yil mobaynida amaliyot obyektining davlat budjetiga to‘lagan soliqlari haqida ma’lumotlar. topshiriq: Amaliyot obyektining banklar va boshqa kredit tashkilotlari bilan aloqalarini o‘rganib chiqish.Ushbu topshiriq bo‘yicha talaba amaliyot obyektining banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan olgan kreditlarini chuqur tahlil qilib chiqadi. Olingan kreditlarning miqdori, muddati, foiz stavkalari, sarflangan sohasi, ulardan foydalanish samaradorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi. Topshiriq bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini yozishda jadval va rasmlardan foydalanish kerak (diagramma va grafiklar), shu bilan birga hisobot matnidagi barcha jadval va raqamlarga havola qilinib, ma’lumotlarni batafsil tahlili qilish hamda tahlil natijalari asosida xulosalar yozadi. Ushbu topshiriq bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: Amaliyot obyektining so‘nggi 3 yilda olgan kreditlari va ulardan foydalanish holati; Amaliyot obyektining kreditlarni olishda tayyorlagan hujjatlar yig’majildidan namunalar. Download 262.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling