BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH TARTIBI
Bitiruv oldi malakaviy amaliyoti talabalarga taqdim etiladigan dastur va kundalik asosida o‘taladi. Amaliyot rahbari amaliyotga chiquvchi har bir talabaga va amaliyot obyektiga individual tarzda yondoshgan holda ishni tashkil etadi. Shuningdek, talabaning kunlik ish rejasi aniq bo‘lishi, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bitiruv oldi malakaviy amaliyotining dastlabki kunida amaliyot obyektidan ham talabaga rahbar biriktiriladi. Amaliyot joyidan biriktirilgan rahbar talabaga ichki tartib-intizom to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi va boshqa zarur ko‘rsatmalarni berib o‘tadi.
Amaliyot davomida talaba kundalikni yuritib, unda har bir kunda bajarilgan ishlarning qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidan tayinlangan rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali bajarilgan ishlarni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, talabalar haftaning shanba kunlari kafedraga tashrif buyurish yoki aloqa vositalari (telefon, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta) orqali kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbariga amaliyot yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha murojaat qilib, qo‘shimcha maslahatlar olishlari mumkin.
BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTI DAVOMIDA BAJARILISHI TAVSIYA ETILADIGAN TOPSHIRIQLAR
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi kechki ta’lim shaklida bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o‘tash uchun ajratilgan vaqtning bajarilishi tavsiya etiladigan topshiriqlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi tartibda bo‘lishi tavsiya etiladi:
1-jadval
Amaliyotini o‘tash uchun ajratilgan vaqtning bajarilishi tavsiya etiladigan topshiriqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |