Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‗tkazish maqsadini
Download 281.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1
1-mantiqiy savol Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‗tkazish maqsadini ko‗zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash,tashish yoki jo‗natish jinoyatini kvalifikatsiya qilish tartibini tushuntiring.
Javob Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni xalqaro huquq va ichki davlat nazoratiga buysunmay, aholi sog‗iliga katta zarar yetkazishi bilan qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash,tashish yoki jo‗natish Jinoyat Kodeksining maxsus qismi bilan kvalifikatsiya qilinishiga olib keladi.
Yuqoridagi kazusda jinoyat tarkibini aniqlaydigan bo‗lsak: - Jinoyat obyekti – qonun bilan himoya qilinadigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni muomala qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar va aholining sog‗lig‗i va xavfsizligi. - Jinoyatning subeytk – 16 yoshga to‗lgan aqli raso shaxslar bo‗ladi. - Jinoyatning obyekt tomoni–jinoyat obyektidagi harakatlarni sodir etishdagi tashqi ko‗rinishi bo‗lib giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda moumala qilishdir. - Jinoyatning subeykt tomoni – toʻgʻri qasd shaklidir. Jinoyat predmetini aytadigan bo‗lsak, ular giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalardir. Agar shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar oʻz hududida yetishtirilib oʻtkazish maqsadini koʻzlamay saqlash, egallash, tayyorlash, tashish yoki joʻnatish uchun qilingan boʻlsa, Jinoyat Kodeksining 276 moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi, yaʼni "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‗tkazish maqsadini ko‗zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‗natish; bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‗sha qilmishlar: a) ko‗p miqdorda; b) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‗lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‗z ixtiyori bilan aybini bo‗yniga olish to‗g‗risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi". Agar yuqoridagi ijtimoiy xavfli qilmish koʻp miqdordagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan sodir etilgan boʻlsa, 276-moddaning a bandi
2
bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Agar subyekt avval ham xuddi shunday jinoyat sodir etgan boʻlsa, shu moddaning b bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Shaxs oʻz qilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishni oʻz xohishi bilan oʻzining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini hokimiyat organlariga topshirsa, jazodan ozod qilinishi 276-moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan.
Harbiy mansabdorlik jinoyatlarining jinoyat-huquqiy jihatlarini tushuntiring.
boshliqlarning hokimyat vakolatini suiiste‘mol qilish, xizmat vazifalarini va vakolatlaridan tashqariga chiqish, davlat manfaatlariga, fuqarolarining huquqlari zarar yetkazish tushiniladi.
Yuqoridagi kazusda jinoyat tarkibini aniqlaydigan bo‗lsak: Jinoyat obyekti – qonun bilan qo‗rqlanadigan davlat manfaatlari, aholi hayoti va sog‗ligi, harbiy mansab vakolatlariga o‗rnatilgan tartib hisoblanadi.
Jinoyat subeykti – maxsus subyekt bo‗lib, harbiy xizmatchilardir. Jinoyat obyekt tomoni – harbiy mansabdor shaxslarning uz vakolatlarini, davlat manfaatlarini va fuqoro huquqlarining buzilishi tushuniladi.
Jinoyatning subeyktiv tomoni – qasddan sodir etiladi. Harbiy mansabdor shaxs o‗zining qilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishini qonunga zid ekanligini anglaydi istaydi
Yuqoridagi kazusda berilgan jinoyat obyektini Jinoyat Kodeksining Maxsus qismdagi 301-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganda: ―Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‗z hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiiste‘mol qilishi, hokimiyat yoki xizmad vakolati doirasdan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarnig manfaatlarga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarnig huquqlari yoki qonun bilan qurqlanadigan manfaatlariga ko‗p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‗lsa, -
Uch yilgacha xizmat bo‗yicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‗sha qilmishlar badanga o‗rtacha og‗ir yoki og‗ir shikast yetkazib, sodir etilgan bo‗lsa,-
besh yildan o‗n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‗sha qilmishlar: a) odam o‗lishiga b) boshqa og‗ir oqibatlarga sabab bo‗lsa,- o‗n yildan o‗n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‗lsa,- 3
O‗n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi‖. Bu moddaning birinchi qismidagi dispozetsiyasidagi harbiy mansabdor shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishlari jinoyat obyektiga jiddiy yoki ziyon yetkizsa, sanksiya qulaniladi.
Harbiy mansabdor shaxslarning jinoyatiga xizmatga sovuqqonlik bilan qarash ham kiradi. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash deganda harbiy mansabdor shaxslarning o‗z burchini beparvolik bilan bajarishi yoki bajarmasligi oqibatida katta zarar yoki ziyon yetkazishi tushuniladi. Jinoyat Kodeksi Maxsus qismidagi 302-moddada xizmatga sovuqqonlik bilan qarash o‗z aksini topgan. Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Harbiy mansabdorlik jinoyatlari boshqa jinoyatlardan jinoyat subyekti bilan farq qiladi va jinoyat obyekti bo‗lgan harbiy tartiblar, davlat va fuqarolarning manfaatlariga zarar yetkizadi. Kazus
2018-yil 20-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 1685 sonli harbiy qismga qarashli 5-chegara posti katta serjanti A.Qodirov va muddatli harbiy xizmat oddiy askari D.G‗ulomov bilan O‗zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‗riqlash bo‗yicha majburiyatini amalgam oshirish buyicha soat 19:00 dan 01:00 gacha o‗ziga belgilangan chegara obyektini qo‗riqlash uchun buyruq oldi. Xizmat vaqtini o‗tash paytida naryad kattasi tomonidan ya‘ni katta serjanti A.Qodirov naryad kichigi atrofni sinchikovlik bilan qarab turishni o‗zi esa charchaganligini aytib ozroq uxlab olishini aytadi. Muddatli harbiy hizmat oddiy askari D.G‗ulomov naryad kattasi uxlab qolganligidan foydalanib o‗zi ham uxlab qoladi. Chegeara naryadi xizmat vaqtida Turkmaniston Respublikasi fuqarosi T. Qayupbergenev tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini soat 23:40 larda buzib O‗zbekiston Respublikasida yashovchi yaqin qarindoshi S.X. Tengilbayevni ko‗rishga o‗tadi. Xizmat vazifasini o‗tayotgan chegara naryadiga bir soat qolganda qabul qilib oluvchi boshqa chegara naryadi ya‘ni katta serjant R.Nazarov va muddatli harbiy xizmat oddiy askari S. Shemamatov bilan O‗zbekiston Respublikasi davlat chegarasini buzilganligini ko‗radi. Birinchi chegara naryadini voqea to‗g‗risida xabardor qiladi. Davlat chegarasi buzilganligini ko‗rib bu jinoyat bizning xizmat vaqtimizda bo‗lmagan deb ikki naryad o‗rtasida janjal yuzaga keladi. Katta serjant A.Qodirov ikkinchi chegara naryadi katta serjant R. Nazarovni urib yengil tan jarohat yetkazadi.
Yuqoridagi kazusga javob berishdan avval muommoli vaziyatlarni va jinoyat tarkibini aniqlab olishimiz kerak. Ushbu kazusda muammoli vaziyat jinoyat kodesining qaysi moddalari bilan tartibga solish bo‗ladi. Bizning fikrimizcha, ushbu holatda Jinoyat kodeksining 285 va 294-moddalar bilan tartibga solingan munosabatlar buzilgan. Ushbu holatning jinoyat tarkibini tahlil qilish orqali ochib berishga harakat qilamiz. Jinoyat kodeksining 285-moddasi, Bir-biriga tobe bo‗lmagan harbiy xizmatchilar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarga oid ustav
4
qoidalarini buzish. Ushbu modda bilan yuqoridgi holatda katta serjant A.Qodirov ikkinchi chegara naryadi katta serjant R. Nazarovni urib yengil tan jarohat yetkazishini harbiy xizmatchilar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish sifatida baholash mumkin. Ushbu modda bilan jinoyat tarkibini tahlil qilamiz. Jinoyat obyekti bir-biriga tobe bo‗lmagan harbiy xizmatchilar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarga oid ustav qoidalari hisoblanadi. Bizdagi vaziyatda katta serjant A.Qodirov ikkinchi chegara naryadi katta serjant R. Nazarov bilan tobe munosabatda bo‗lmagan harbiy xizmatchilar sanaladi. Obyektiv tomondan jinoyat muntazam ravishda xo‗rlash, azob berish, sog‗liqning buzilishi, badanga yengil yoki o‗rtacha shikast yetkazishda, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etishda, bir-biriga tobe bo‗lmagan harbiy xizmatchilar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzishda o‗z ifodasini topadi. Kazusda aytib o‗tildiki, katta serjant A.Qodirov ikkinchi chegara naryadi katta serjant R. Nazarovga yengil tan jarohat yetkazdi. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi kvalifikatsiya uchun ahamiyatga ega emas. Katta serjant A.Qodirovning harakarlari qasddan sodir etilgan. Jinoyatning subyekti jabrlanuvchi bilan bo‗ysunish munosabatida bo‗lmagan har qanday harbiy xizmatchi bo‗lishi mumkin. Yuqoridagi katta serjant A.Qodirov va ikkinchi chegara naryadi katta serjant R. Nazarov bo‗yunish munosabatida bo‗lmagan. Umumlashtirib ayish mumkinki, A. Qodirovning Jinoyat kodeksining 285- moddaning 1-qismi despozitsiyasining buzilishi sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Shuningdek, ushbu holatda yana bir jinoyat mavjud. Bu –– davlat chegarasi buzilganliginidir. Jinoyat kodeksining 294-moddasi Chegara xizmatini o‗tash qoidalarini buzishiga doir jinoyat belgilab quyilgan. Bizga berilgan holatda 5- chegara posti katta serjanti A.Qodirov va muddatli harbiy xizmat oddiy askari D.G‗ulomovning harakatlari natijasida davlat chegaralari buzilgan. Biz dastlab ushbu jinoyat tarkibi bo‗yicha tahlil qilamiz. Jinoyat obyekti –– chegara xizmatini o‗tashning belgilangan tartibi hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‗g‗risida‖gi qonunda chegara xizmatini o‗tashning belgilangan tartibi belgilab berilgan. Obyektiv tomoni –– chegara naryadi tarkibiga kiruvchi shaxsning chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishni keltirib chiqargan chegara xizmatini o‗tash qoidalarini buzishidir. Katta serjanti A.Qodirov va muddatli harbiy xizmat oddiy askari D.G‗ulomovning xizmat vaqtida uxlab qolishi chegara xizmat qoidalarning buzilishi hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Oqibatlarga munosabat doimo ehtiyotsizlikda ifodalanadi.
5
Chegara daxlsizligiga zarar yetkazishni keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan chegara xizmatini o‗tashni buzishga yo‗l qo‗ygan chegara naryadi tarkibiga kiruvchi shaxs jinoyat subyekti hisoblanadi. Shuningdek, katta serjanti A.Qodirov va muddatli harbiy xizmat oddiy askari D.G‗ulomovning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda shuni ham inobatga olish kerak ya‘ni ularning jinoyatida og‗irlashtiruchi holat bor. Mazkur moddaning 2-qismida chegara xizmatini o‗tash qoidasi buzilishi: qonunga xilof ravishda chegaradan o‗tishga; boshqa og‗ir oqibatlarga sabab bo‗lgani uchun javobgarlik belgilangan. Chegaradan qonunga xilof ravishda o‗tish – bu O‗zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan vakolatli hokimiyat organlari ruxsatisiz turli yo‗nalishda o‗tishdir. Bizdagi berilgan vaziyatda, katta serjanti A.Qodirov va muddatli harbiy xizmat oddiy askari D.G‗ulomovning uxlab qolishi natijasida Turkmaniston Respublikasi fuqarosi T. Qayupbergenev tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini soat 23:40 larda buzib o‗tadi. Bu jinoyatning og‗irlashtiruvchi belgisi hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, katta serjant A. Qodirovning harakatlari Jinoyat kodeksining 285-modda 1-qismi va 294-modda 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchi oddiy askari D.G‗ulomovning harakati nisbatan Jinoyat kodeksining 294-moddaning 2-qismi bilan kvalifikasiya qilinishi kerak bo‗ladi. Download 281.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling