Ambulatoriya sharoitida bemorlar bilan munosabatda bo‘lish psixologiyasi reja
Bolalar kasalliklarida bemorlar psixologiyasi masalalari
Download 33.63 Kb.
|
AMBULATORIYA SHAROITIDA BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BO‘LISH PSIXOLOGIYASI
Bolalar kasalliklarida bemorlar psixologiyasi masalalari
Bemorni parvarish qilish yaxshi tayyorgarlikdan tashqari, zo‘r shijoat, mahorat va bolalarga muhabbatni talab qiladi. Bolalarning psixologik va jismoniy sog‘lig‘iga baho berishda tibbiyot xodimlari barcha davrlarga xos xususiyatlarini ham yaxshi bilishlari kerak. Nafaqat bolalar kasalxonasida, balki barcha davolash muassasalarida ruhiy sog'lom bola xususiyatlarini bilish muhim. Bemorbolani parvarish qilish psixologiyasi nuqtayi nazaridan uning ruhiy va jismoniy rivojlanish darajasi bemorning yoshiga muvofiq kelisli-kelmasligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo'lish muliim. Ayniqsa, ilk go'daklik davrida tez-tez kasal bo'lib luradigan bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanislidan orqada qolishi ko‘zga tashlanadi. Har bir katta yoshdagi odamlar, ayniqsa, ota-onalar uchun bola tarbiyasi asoslaridan ma'lumot beruvchi pedagogika, psixologiya. odobnoma fani, badiiy kiloblar mavjud. Bli kitoblar asabi sog'lom bolalarni tarbiyalashga ko'maklashadi. Shunga qaramasdan haligacha ko'pchilik oilalar bolani jismoniy jazolash usulidan foydalanib kelishmoqda. Chunonchi, bemor bolalardan so'rab-surishtirilganda ushbu jismoniy jazo usuliarining yomon ta'sirlarini, qo'rquv oqibatlarini eshitishimiz mumkin. Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda ko'pincha turli qo'rquvlar (qorong‘ilikdan, yolg'iz qolishdan, oq xalatdan, ukollardan) sababli nevrotik reaksivalar, tungi siyib qo'yish, ichi o'lib ketishi va shu kabilar sodir bo'ladi. Ba'zi bolalar kasalxonada yotishni o'zlari qilgan xatti-harakatlari uchun jazo deb baholaydilar, o‘zlarini tahqirlangan va yolg'iz deb hisoblaydilar. Agar biz kundalik hayotimizda bola tarbiyasining eng mas'uliyatli ish ekanligini boshqalardan talab qilar ekanmiz, bolalar shilbkori va hamshiralaridan bolalar psixologiyasini, psixoterapiyani hanida amaliy psixologiyani yanada chuqurroq o'rganishlarini talab qilamiz. Davokash muassasasidagi psixologik muhit bolaning uni o‘zining uyi dcb his ctishiga yordam berishi lozim. o‘yinlar, mashg'ulotlar bolalarni bir-biriga yaqinlashtirishga yordam bcradi. tibbiyot hamshiralarining samimiy va yaxshi munosabati bolaning yangi sharoitga o‘rganishini osonlashtiradi. Bolalar kasalxonaga tushgandan keyin ularning kasallikka nisbatan munosabati har xil bo'ladi. Bunda kasallik muhim ahamiyatga ega bo'lmasdan, balki uning to‘g‘risidagi bolaning kechinmalari birinchi o'ringa chiqadi. Bolalar bilan ishlovchi hamshira bemor bola bilan xuddi ona va bola kabi munosabatni o'rnatishi kerak. Bolaga g‘amxo‘rlik va diqqat- c'tibor bilan munosabatda bo'lish, uni tushunishga intilish bu katta san'at bo'lib, unda tibbiyot hamshirasining kasbiga doir saviyasi shaxsiy xususiyatlari bilan uyg'unlashib ketadi. Bolalardagi qo‘rquv kcchinmalarini barham toptirish katta ahamiyatga ega bo'ladi. Suhbat vaqtida bu kechinmalarning konkret kechishini tiishuntirib berish, tibbiyot hamshirasi va shifokor hamisha yoningda bo‘lishadi va o‘z vaqtida yordamga kelishadi, deb ishontiradigan dalillar bilan uning shubhalarini tarqatib yuborishga harakat qilish zarur. Bolaning kasalligi butun oila uchun ko'ngilsizlik hisoblanadi. Shuning uchun analiz yig‘uvchi shifokor va hamshira bunga e'tibor berib, nima bo'lganligini oxirigacha aniqlashlari kerak. Ko'pincha bu juda qiyinlik bilan kcchadi. Bolalar bo‘limining hamshirasi ota-onalar bilan muomala qilganida jiddiv qiyinchiliklarga duch keladi. Ota-onalarning tabiiv reaksivalari bolalariga bo'lgan munosabatiariga va shaxsiy tajribalariga bog'liq. Bunday hollarda tibbiyot hamshirasi ola-onalarni tinglash uchungina emas, balki ularning haddan ortiq xavotirlanishi asossiz ekanligini tushuntirish uchun o'zlari sabr-loqatli bo‘lishlari shart. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot hamshiralari bosiq va vazmin, ruhiy jihatdan sog'lom bodishlari kerak. Bolalarda oqibati og'ir kasalliklar aniqlanganda shitbkor va tibbiyot hamshiralari oldida g'oyat mas'uliyatli muammolar vujudga keladi. Bunday noxush xabar ota-onalarda og'ir iztirob, umidsizlikka sabab bo'ladi, ko'pincha ular tibbiyot xodimlariga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Shunday og'ir vaziyat yuzaga kelgan taqdirda kasal bolaning ota-onasini bunga ehtiyotkorlik bilan tayyorlash, uning g‘am-tashvishlariga sherik bo'lish talab etiladi. Ishda qo'pollik qiladigan. kasal bolaga loqayd munosabatda bo'ladigan tibbiyot hamshirasi salomatlik posboni degan sharafli nomga munosib bo'la olmaydi. Bunday xodimlarning inson sog‘lig‘ini muhofaza qiladigan muassasalarda ishlashlariga vo'l qo'ymaslik zarur. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling