Reja: Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi


Download 23.89 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi23.89 Kb.
#1592193
Bog'liq
referat




Mavzu: Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi.
Reja:
1. Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi.
2. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan mashgulotlar.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning duduqlanishini o’yin asosida bartaraf etish.
4. Didaktik o’yinlar.

Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko’pincha nutqning boshida (kam holalrda, o’rtasida) paydo bo’ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik (toritishishli) harakatlaridir, natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga majbur bo’ladi. Duduqlanishning ushbu alomatlari klonik va tonik spazmlar bilan juda o’xshash. Klonik duduqlanishda so’z, bo’g’in va ohanglarni takroriy shakllanishi kuzatiladi. Tonik duduqlanish tovush chiqarish to’xtashi bemor boshqa tovushni artikulyatsiya qilishga o’tishiga imkon bermaydi. Duduqlanishning nevrotik va nevrozga o’xshash shakli mavjud. Nevrotik duduqlanish sog’lom bolalarda stress va nevroz natijasida paydo bo’ladi. Nevrozga o’xshash duduqlanish asab tizimi kasalliklariga chalingan bolalarga xosdir (ham tug’ma, ham orttirilgan, masalan bolalar serebral falajligi).


ETIOLOGIYA VA PATOGENEZI Duduqlanishning ikki sababi bor: turki bo’luvchi va provokatsiyalovchi.
Duduqlanish rivojlanishiga turtki bo’luvchi sabablar orasida quyidagilarni ajratish kerak:
 Irsiy moyillik;
 Ensefalopatik oqibatlarga olib keladigan kasalliklar;
 Bachadon ichida, tug’ilish davomidagi jarohatlar;
 Asab tizimining ortiqcha ishlashi va charchashi (yuqumli kasalliklar natijasida).
Duduqlanish paydo bo’lishiga yordam beradigan shart-sharoitlar:
 Motorika rivojlanishi va ritm hissining buzilishi;
 Emotsional rivojlanishning yetishmasligi;
 Atrofdagilar bilan munosabatlarning anormalligi sababli reaktivlikning oshishi;
 Yashirin ruhiy kasalliklar. Yuqorida keltirilgan shartlarning aqalli bittasi mavjudligi asab buzilishi uchun yetarli bo’ladi va natijada duduqlanish rivojlanadi. Duduqlanish kelib chiqishini provokatsiyalovchi sabablar: bir vaqtli ruhiy travma (qo’rquv); oilada ikki yoki undan ortiq tilda so’zlashish; taxilaliya (tez gapirish). Duduqlanishning patogenezi subkortikal dizartriya mexanizmiga o’xshaydi. Uning tarkibi — nafas olish jarayoni, artikulyatsiya va ovoz chiqarishni boshqarish koordinatsiyasining buzilishi. Shu bois, duduqlanish ko’pincha dizritmitik dizartriya deb ham ataladi. Miya po’stlog’i va subkortikal tuzilmalarning induktsion o’zaro ta’sirining buzilishi po’stloq regulyatsiyasi buzilishiga olib keladi. Shu sabab, harakat uchun»oldindan tayyorgarlik»ga mas’ul bo’lgan striopallidal tizimning faoliyatida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Harakatda ikki guruh mushaklari ishtirok etadi — biri qisqaradi, boshqalari — yoziladi. Mushak tonusining to’g’ri va izchil qayta taqsimlanishi orqali tez, aniq va qat’iy farqlanuvchi harakatlarni amalga oshirish mumkin. Mushaklar tonusini oqilona qayta taqsimlanishini boshqarish striopallidar tizimga to’g’ri keladi. Emotsional giperqo’zg’alish yoki miyaning anatomo-patologik shikastlanishlari natijasida striopallidar regulyatorini bloklanishi klonik takrorlash (tutilish) yoki tonik spazmga olib keladi.
ALOMATLARI VA BELGILARI
Nafas olish. Duduqlanishda nafas olish jarayonining buzilishlari orasida nafas olish va chiqarish vaqtida juda ko’p havo sarflanishi qayd qilinadi, bu artikulyatsiya sohasidagi qarshilikning buzilishi tufayli kelib chiqadi. Duduqlanishda nutqiy nafas olish buzilishi bemor tomonidan inspirator-unli va protorli tovushlarni hosil qilishda yotadi. Boshqacha qilib aytganda, ovoz boylamlarining harakati va protor shovqinni shakllantirish uchun bemor olingan nafas havosini qo’llaydi. Qisqa nafas chiqarish nafaqat nutq vaqtida, balki dam olish paytida ham kuzatiladi. Ovoz. Tovushni talaffuz qilishga harakat qilish ovozning paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladigan ovoz teshigining spazmatik tarzda yopilishi bilan birga kechadi. Xuruj vaqtida hiqildoq tez va keskin yuqoriga, pastga va oldinga qarab harakatlanadi. So’zni maromida talaffuz eta olmaganligi sababli, bemorlar unlilarni qattiq tarzda gapirishga harakat qilishadi. Shivirlab gapirish va kuylashda alomatlarning yumshalishi qayd qilinadi, ba’zan nutqning to’liq normallashishiga qadar. Artikluyatsiya apparatidagi funktsional buzilishlar bilan bir qatorda, duduqlanishda somatik buzilishlar ham kuzatiladi. Masalan, tanglayning chuqur bo’lishi, tilni chiqarishda uni bir tomonga og’ganligi, burun bo’shlig’ida — burun to’sig’ining qiyshayganligi, chig’anoqlarning gipertrofiyasi. Birgalikda kechuvchi harakatlar — bu duduqlanib qolish vaqtida yuzaga keladigan harakatlardir, ular zaruriy emas, ammo ayni paytda bemor tomonidan ongli harakat sifatida amalga oshiriladi. Duduqlanish xuruji paytida bemorlar boshini orqaga tashlashi, oldinga egishi, ko’zlarini yumishi, mushtlarini qisishi, yelka qisishi, oyoq bilan yerni urishi, bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tishlari mumkin. Bir so’z bilan aytganda, tonik yoki klonik tortishishlar deb ataladigan harakatlar qilish. Psixika. Duduqlanish rivojlanishi bilan ma’lum ruhiy buzilishlar yuzaga kelishi muqarrar. Eng ko’p uchraydiganlari harflar, bo’g’inlar va so’zlar oldidagi qo’rquv, ya’ni ularni talaffuzidan. Duduqlanish bilan og’rigan bemorlar, nutq davomida bunday harflar va so’zlardan qasddan qochishadi, iloji bo’lsa, ular boshqalariga almashtirishga harakat qilishadi. Xuruj davrida mutloq gunglik paydo bo’lishi mumkin. Normal so’zlasha olmaslik haqidagi fikrlar boshqalardan kamlik va butun «men»i nuqsonli ekanligini anglashgacha olib borishi mumkin.
DUDUQLANISH RIVOJLANISHI FAZALARI
1-faza. Duduqlanishning kichik epizodlari, ravon nutq davrlari qisqarishi kuzatiladi. Duduqlanishni birinchi bosqichining oxiri quyidagi belgilar bilan belgilanadi:
 Talaffuzdagi qiyinchiliklar ko’pincha jumlaning dastlabki so’zlarida uchraydi;
 Duduqlanish epizodlari bog’liq gaplar, ko’makchi so’zlar va nutqning boshqa qisqacha qismlarini so’zlashda paydo bo’ladi;
 «Kommunikativ bosim» duduqlanishni og’irlashtiradi;
 Bola so’zlashish bilan bog’liq qiyinchiliklariga munosabat bildirmaydi, u xijolat bo’lmasdan gapiradi. Hech qanday tashvish, nutqdan qo’rqish yo’q. Bir zumdagi emotsional chaqnash duduqlanishni chaqirishi mumkin.
2-faza. Aloqa qilishda muammolar, birgalikda kechiuvchi harakatlar yuzaga kela boshlaydi. So’zlashishdagi qiyin vaziyatlar soni asta-sekin oshib boradi.
 Muammo surunkali tus oladi, ammo xurujlarning og’irligi farq qiladi;
 Talaffuz bilan bog’liq muammolar ko’pincha qiyin so’zlardan iborat bo’lgan paglarni tez talaffuz qilishda yuzaga keladi, nutqning qisqa qismlarida esa kamroq uchraydi;
 Bola nutqining buzilishidan xabardor, ammo o’zini duduq deb hisoblamaydi. Har qanday vaziyatda erkin gapiradi
. 3-faza. Spazmatik sindromning mustahkamlanishi. Biroq, bemorlar nutqdan qo’rqishmaydi va noqulaylik sezishmaydi. Ular muloqot qilish uchun har bir imkoniyatdan foydalanadilar. Davolash taklifi bemor tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydi yoki g’ayratga undamaydi. Ular o’zlarini xotirjam tutishadi.
 Bemorlar duduqlanishlari tufayli ba’zi vaziyatlarda so’zlashish qiyin bo’lishini anglab yetadilar;
 Muayyan tovushlar, so’zlar bilan bog’liq qiyinchiliklar paydo bo’ladi;
 «Muammoli» so’zlarini boshqalar bilan almashtirishga urinishlar qayd qilinadi.
4-faza. Ushbu fazada duduqlanish — katta shaxsiy muammodir. Duduqlanishga yorqin emotsional reaktsiyalar paydo bo’ladi, natijada bemor gapirishdan qochishga harakat qiladi. Agar ilgari bemor vaqtivaqti bilan «muammoli» tovushlarni (so’zlarni) boshqasiga almashtirishga harakat qilgan bo’lsa, endi bu doimiy tus oladi. Bemor o’zining duduqlanishiga boshqalarning munosabatini diqqat bilan tinglashni boshlaydi.
Duduqlanishni 4-fazasining xarakterli xususiyatlari:
 Duduqlanishni kutish (antisipatsiya);
 Muayyan tovushlarni (so’zlarni) talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar surunkali xarakterga ega bo’ladi;
 Logofobiya (nutqdan qo’rquv);
 Savollarga javob berishdan qochishga harakatlar.
ASORATLARI Duduqlanish mavjudligi bolani so’zlashuv vaziyatlaridan qochishga majbur qiladi, natijada uning muloqot doirasi va natijada umumiy rivojlanish darajasi qisqaradi. Shubha, ehtiyotkorlik, o’zi va tengdoshlari o’rtasidagi farq mavjudligi hissi yuzaga keladi. Bola va ota-onasi (sinfdoshlar, tengdoshlar) o’rtasidagi tushunmovchilik tufayli, ajralganlik va kamsitilganlik hissi paydo bo’ladi. Ta’sirchanlik oshadi, qo’rquv paydo bo’ladi, bu ruhiyatning tushkunligiga va duduqlanishni yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. Duduqlanish bola o’zini noqulay his qilishi, uyatchanligi va odamoviligi tufayli maktabda o’zlashtirishning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Muammoning rivojlanishi kasb tanlash hamda oila yaratishga xalaqit berishi mumkin.
TASHXISLASH
Duduqlanib gapirishni tashxis qilinish uchun quyidagi alomatlar mavjud bo’lishi kerak:
 Nutq ritmining buzilishi (so’zlar, iboralar uzilishi, takrorlanishi, ma’lum tovushlarni cho’zish);
 Nutq boshida qiyinchiliklar va tutilishlar;
 Boshqa harakatlar yordamida duduqlanish bilan kurashishga urinishlar (masalan grimasa).
Yuqoridagi buzilishlarning davomiyligi 3 oydan ortiq bo’lsa, duduqlanish tashxisi qo’yiladi. Bunday bemorlarga nafaqat nevrolog, balki logoped maslahati ham kerak. Asab tizimining organik kasalliklarini istisno qilish uchun reoensefalografiya, bosh miya EEG, MRT-diagnostika o’tkaziladi.
DUDUQLANISHNI DAVOLASH YO’LLARI Duduqlanishni davolashning barcha usullari uslubiy yondashuv va terapevtik ta’sir turlari bilan farqlanadi. Umuman olganda, ularni quyidagilarga bo’lish mumkin:
 Logopedik;
 Psixologik;
 Psixoterapevtik;
 Logopsixoterapevtik;
 Ijtimoiy reabilitatsiya;
 Medikamentoz (dorilar bilan);
 Fizioterapevtik;
 Kompleks;
 Noan’anaviy.
Nevrotik duduqlanishni yo’qotish uchun davolash muvaffaqiyati tashxisning o’z vaqtida qo’yilishiga bog’liq. Duduqlanishni davolashning an’anaviy psixoteraptevtik usullari (xulq-atvorli, gipnotik va hokazo) samarasi past bo’lganligi sababli, zamonaviy tibbiyot o’ziga bir nechta elementlarini olgan maxsus terapevtik yondashuvlarni afzal ko’rmoqda. Tutilib gapirshni davolashning bunday kombinativ psixoterapevtik usullari ham individual, ham guruh shaklida qo’llaniladi. Nutq buzilishlarini tuzatish duduqlanishni va tez gapirishni tuzatishga qaratilgan logopedik mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Yosh bolalarda duduqlanishning nevrotik shakli logopedik bolalar bog’chalari va guruhlarida yaxshi davolanadi. Bu yerda kollektiv o’yinli psixoterapiya, logopedik ritmga e’tibor qaratiladi. Oilaviy psixoterapiyaga ham diqqatni qaratish kerak, bunda bolani ishontirish, qo’llab-quvvatlash, hayolini chalg’itish, relaksatsiya muhimdir. Bolalarga barmoqlarning ritmik harakatlari bilan bir taktda gapirish yoki kuylash o’rgatiladi. O’z-o’zini boshqarish usulining asosi shundaki, duduqlanish — o’zgartirsa bo’ladigan ma’lum xulq ekanligini o’rnatishdir. Uning tarkibi — desensibilizatsiya, autogen mashg’ulotlar. Yordamchi dori vositalarining maqsadi — qo’rquv, xavotir va depressiya belgilarini bartaraf qilishdir. Sedativ (jumladan, fitoterapevtik) va umumiy mustahkamlovchi vositalarni tayinlash tavsiya etiladi. Bosh miyaning organik shikastlanishi bilan bog’liq bo’lgan spazmolitiklar (tolperizon, benaktizin), ehtiyotkorlik bilan trankvilizatorlar (minimal dozalarda) qo’llaniladi. Suvsizlanish kursi o’tkazish samaradorligi isbotlangan. Klonik duduqlanish holatida gopanten kislotasining bir necha kursini (1 oydan 3 oygacha) belgilash tavsiya etiladi. Bundan tashqari duduqlanishni kompleks davolashga fizioterapiya, shuningdek, massajni (umumiy va logopedik) kiritish tavsiya etiladi. Bolalar o’rtasida duduqlanish davolanilganda barcha holatlarning 70% dan ko’prog’i yaxshi yakunlanadi. Uralova Luiza Shuxratovna OLDINI OLISH Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo’linadi. Ulardan biri bolaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To’laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to’g’ri almashinuvi bilan ta’minlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning o`ziga xos xususiyati bo`ladi: - bosh miya po`stloqi to`qimalarining tugallanmagan differensiasiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qo`l, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. SHu munosabat bilan ta`sirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni teztez almashtirib turish zarur; - 2–3 yoshdagi bolaning tez o`suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor bo`ladi. SHuning uchun yelka kamarida qaddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan bog`liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak; - 2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta o`rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashg`ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg`otishi kerak. qo`llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko`taradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag`batlantiradi va muloqotni yengillashtiradi. Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo`naltirilish, ya`ni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qo`shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo`llaydilar. harakat bolalarda ko`pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam so`raydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xohishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tug`iladi: fe`llarning ko`p sonli buyruq mayli bilan bog`liqligi, o`z fikrini aytish buyruq yoki so`roq xarakterida, iltimos ko`rinishidan iborat bo`ladi. Odatda, duduqlanish paydo bo`lishi bilan ko`pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. SHu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan o`zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko`nikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi): narsani ushlab olish va uni qo`lda uzoq tutib turish; “Ladushki”, “qakka” o`yinidagi kabi qo`l barmoqlari va panjaning harakati; qoshiqdan foydalanish; yurishni egallash; qurilish materiali bilan o`yinlarda ketma-ket harakatlar yonida. Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat ko`rsatadi. Ko`pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez ta`sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta`sirlari. Ko`p bolalar yiqloqi. Ko`pchiligi uchun hatto yaxshi ko`rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos. Logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda o`tkazish kerak. Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli ko`rinishlarining o`zaro alqadorligi. Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar hali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash bo`limlariga ajratilmaydi. Faqat bu faoliyatlar ko`rinishi paydo bo`lishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli ko`rinishlar sodir bo`ladi. SHuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi.
Duduqlanuvchi bolalarda xarakatlar rivojlanishi 2 xil kurinishda - xarakatlar tezligi va xarakatlar sustligi kuzatiladi.
Maktabgachatarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining xarakatchanligini 4 guruxga bulish mumkin: - ritm, temp, muskullar tonusi va muljalga olishning buzilishi; - chakkonlik, aniklik, tezlikning yukligi. Temp sust, dikkati tarkok, xis – tuygu kisman yuk, berilgan topshiriklarni kiynalib bajarishi kuzatiladi.Muskullar tonusi nimjon, xarakatlari ustida ish olib borish kiyinchilik tugdiradi. - mushaklarning kuchli tortishishi (tormozlanish) kuzatiladi. Tortishishlar asosan buyin va yelka kismda kuzatiladi, kul barmoklari musht xolda yoki bushashgan ochik, kullar bukilmaydi, kul va oyok xarakati bir biriga nomutanosib. Bolalar jamoa bilan uynashni xoxlamaydi, yuzda tuygular ifodasi sezilmaydi (jiddiy). Ular bilan olib boriladigan korrektsion ish uzok muddat talab etadi. - kuzgaluvchan, tez xarakatli, lekin kuchsiz bolalar, osoyishtalik ular uchun yot, ularda muskullar tonusi yukori, uyinlarga kuchli istak xoxish bilan yondashadi, xarakatli uyinlar ular kuzgaluvchanligini oshiradi. Uzgalar uyinlariga xam aralashib ketishadigan, ayrim paytlar agressiv xarakatli, uyinda asosiy bosh rolda bulishni xoxlaydigan bolalar turidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning duduqlanishini o’yin asosida bartaraf etish. Defektologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar orqali nuqsonni erta aniqlash va uni oldinroq tuzatish katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlab beriligan. Duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishni o’yin asosida bartaraf etish samarali kechadi. CHunki o’yin bolalarning yetakchi faoliyati bo’lib o’zining qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bolalikning daslabki kunlaridan taqlid qilish orqali yuzaga kelib, maktabga davrgacha u bola uchun atrof muhitni aktiv ijodiy aks ettirish shakli bo’lib qoladi. O’yin insonning boshqa faoliyatlari kabi, ijtimoiy xarakterga ega. Kompleks xarakterlar bilan amalga oshirilib nutqni ham o’z ichiga oladi. Duduqlanishni yuqotishda qo’llaniladigan o’yin metodikasi bolalardagi mohirlikni, faollikni, mustaqil muloqot usullarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu metodika bolalarga birdek yondoshishga, metodik va tarbiyaviy ishlarni birgalikda olib borishga maxsus mashg’ulotlardan tashqari paytlarda bolalarda tashabbuskorlikni benuqson nutqni mustahkamlashiga sharoit yaratadi. Turli o’yinlar tizimida bolalar o’yin va o’yindan tashqari, ammo odamlarning hayotiy munosabatlarini aks ettirgan hollarda o’zini tutish qoidalarni o’zlashtiradilar. Natijada o’zlashtirilgan munosabat shakllari duduqlanuvchi bolalarning axloqi va nutqini qayta qurishga va nuqsonni yuqotishga zamin yaratadi. Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarni duduqlanishini bartaraf etishda foydalaniladigan o’yin turlari mavjud.
Bularga: - didaktik o’yinlar; - harakatli o’yinlar; - dramatizatsiyalashtirilgan o’yinlar; - sukut saqlash rejimiga qaratilgan o’yinlar; - shivirlab gaplashishga qaratilgan o’yinlar; - ashula aytish bilan olib boriladigan o’yinlar kiradi.
Bolalarda duduqlanishni bartaraf etishda yuqorida ko’rsatilgan barcha o’yinlardan foydalanish mumkin. Didaktik o’yinlar. Bunda ko’ruv, nafas, ovoz, eshitish, tovushlar tallaffuzini rivojlantirishga qaratilgan didaktik o’yinlar o’tiladi. 6-7 yoshli duduqlanuvchi bolalar uchun didaktik o’yinlardan «ovozidan bilib ol», «shaharlarga sayohat», «xat» o’yinlarini misol qilish mumkin. Stol ustida o’ynaladitan o’yinlar masalan: «loto, domino, mozayka, shashka, piramida» o’yinlari esa duduqlanuvchi bolalarning ko’ruv va eshituv idrokini, diqqatini, mayda motorikasini xotirasini rivojlantirishda xizmat qiladi. «Ovozidan bilib ol» o’yini 6-7 yoshlar uchun. Bir bola orqasini o’tirib turadi, Boshqalari navbat bilan qo’llaridagi pretmetlarni polga tushuradilar. Logoped yerga tushayottan narsalarni ko’rib turadi na shivirlab «bu tushgan narsa nima?» deb suraydi bola «Bu tushgan narsa qalam, bu esa lineyka » va hokozolarni aytadi. «SHahar bo’ylab sayohat». Logoped bolalar soniga qarab rasmlar tanlab oladi. Odamlar rasmi; ishchi, o’quvchi, sportsmen, ona va bola, savat ko’targan kampir. Transport; tramvay, avtobus, taksi va boshqalar. Bino va bezaklar; fontan haykal, xiyobon. Mashina markalari: Moskvich, Volga, CHayka, Jiguli. Gullar; lola, sirenь, atirgul, romashka. Rasmlar komplekta xonaning turli gomonlariga qo’yiladi. Bolalar shaharga topshiriq bilan boradilar va aniqlaydilar. SHaharda kimlar yashaydilar, qanday transportlarda yuradilar, shaharda qanday binolar va bezaklar, xushmanzara joylar bor, hiyobonda qanday gullar o’sadi. Topshiriqqa asosan topilgan rasmlarii olib, bolalar logoped yoniga qaytadilar va birgalikda ko’rganlarini gapirib beradilar. Harakatli o’yinlar. Duduqlanuvchi bolalar bilan sekin bajariladigan harakatli o’yinlar o’tkaziladi. CHunki bolalarda nafas va nutq tempi buzilmasligi kerak. SHuning uchun oddiy harakat bilan bajariladigan harakatli o’yinlar bajariladi. Ya’ni koptok, obruch, lenta, bayroqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar. Bunday o’yinlarning asosiy maqsadi bolalarning umumiy harakati va nutqini mustahkamlashga qaratilgan.
Misol uchun «Koptok bilan bajariladigan harakatli o’yinlar».
I) Bolalar davra ko’rib turadilar, ularning har birida koptok bir logoped kursatmasiga ko’ra ular koptokni bir qo’lidan ikkinchi qo’liga otib ilib oladilar, osmonga otadilar, yonidagilarga uzatadilar, yarim o’tirgan holda o’z atroflarida dumalatadilar, koptokni tushirib yubormay qo’ldan qo’lga eng ko’p o’tkazgan o’ninchi g’olib hisoblanadi.
2) Bolalar sanasi orqali "ovchini" saylaydilar, u stulga o’tiradi, qo’lida 2-3 ta koptok, signal xushtak chalingach "quyonlar" chiziqdan ichkariga kirib "ovchi" atrofida chopa boshlaydilar, shundan keyin ikkinchi signal chalingach "quyonlar" chiziqdan tashqariga yuguradilar, "ovchi" esa ularga koptok otadi koptok kimga tegsa u "ovchi" vazifasini bajaradigan bo’ladi.
3) "Kim ushlaydi?" Bolalar ikkitadan bo’lib bo’linadilar va navbatchidan yog’och qoshiqlar olib, unga sharchalar soladilar va tez qadam tashlab kabinetning ohiriga yurib boradilar. Maqsad sharchani tushirib yubormaslik. Murakkablashgan varianti: Qoshik, bilan yuruvchining ko’zini bog’lab qo’tsiladi. Bunday juftliklarga navbat berish sanash orqali bajariladi.. O’yinning hamma uchun qiziqarli bulishi uchun logopedning pedagogik mahoratiga bog’liq.
Logoped o’yinni shunday tashkil etishi kerakki, bunda haddan tashqari his- hayajonga berilishga, nutqning tezlashib ketishiga yul qo’ymasligi va ravon nutqni rag’batlantirish kerak bo’ladi. Sukut saqlash rejimiga qaratilgan o’yinlar. Bolalar bilan nutqsiz (gapirmasdan) didaktik o’yinlar o’tiladi. Sukut saqlash rejimi, bolani to’g’ri gapirish malakalarini shakllantirishga qaratilgandir. Nutqsiz didaktik o’yinlarga masalan «Sukut saqlashni bilasizmi?» o’yini. Bolalar 5-7 minut mozaika bilan o’ynashlari, rasm chizishlari, kubik o’ynashlari mumkin. Lekin umuman gapirmasdan sukut saqlaydilar. «Ovozni eshitish va ko’rsatish» o’yini. Bolalar ko’zlarini yumib o’tiradilar. Logoped biror ovoz chiqaradigan o’yinchoqni chaladi, masalan surnay, pobrikushka yoki childirma so’ngra bola ko’zini ochib qaysi o’yinchoq chalinganini gapirmasdan qo’li bilan ko’rsatadi. «SHifoxonada» o’yini.
Adabiyotlar. 1. Volkova G.A. Logopedicheskaya ritmika. Moskva. Prosveщenie. 2003 g.
2. Logopediya (pod.red. Volkovoy L.S. i SHaxovskoy S.N.) Moskva. 2003.
3. Filicheva T.B., Volkova L.S., CHirkina G., Muminova L., Ayupova M. Logopediya. Toshkent. O’qituvchi. 1993 yil.
4. Xrestomatiya po logopedii. (pod.red. L.S.Volkovoy i V.I.Seliverstovoy) Moskva. Vlados. 1997 yil.
5. Logopedicheskaya ritmika (uchebno-metodicheskoe posobie dlya logopedov spets.det. sadov) Toshkent – 2006.E. N. Nazarova, SH. BoltaevaD. Nurkeldieva
Download 23.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling