Amerika matbuoti
Download 13.59 Kb.
|
BUNYODBEK AQSH
AMERIKA MATBUOTIJurnalistika TarixiTayyorladi: Bunyodbek BoboxonovAmerika matbuoti takrorlanmas va o'ziga xos tarixga ega. Uning o'tmishi mamlakatning davlatchilik tarixidan ham ancha ilgari boshlangan: «Amerika Qo'shma Shtatlari» degan davlat dunyo xaritasida paydo boiishidan qariyb bir asr oldin bu zaminda ilk gazeta chop etildi. Shu bois mahalliy matbuot Shimoliy Amerika mustamlakalarining1 mustaqillik uchun kurashi, AQSH davlatiga asos solinishi va uning keyingi taraqqiyotida muhim rol o'ynadi. Shubhasiz, matbuot butun tarix davomida jamiyatning ajralmas bir bo'lagiga, demokratiya qo'riqchisiga aylandi. Zero, bundan ikki asr muqaddam AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan dastlabki o'nta qo'shimchaning birinchisi aynan matbuot erkinligini kafolatlagani ham bejiz emas
Amerika matbuotining paydo bo'lislii uchun zamin ilk yevropaliklar Shimoliy Amerikaga kelgan davrdayoq yaratilgan edi. Yangi Angliya, Amerika matbaachiligini boshlab berdi. Uning yirik manzilgohi hisoblangan Boston hududi esa Amerika jurnalistikasining beshigiga aylandi.
Download 13.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling