Amerika matbuoti
Download 13.59 Kb.
|
BUNYODBEK AQSH
Amerikadagi ilk gazeta 1690-yil 25-sentabrda Bostonda chop etildi. Davriy nashr deb hisoblash birmuncha ziddiyatli sanalgan bu gazeta paydo bo'lishining o'ziyoq o'sha davr uchun katta voqea edi. «Publick occerrences, Both Foreign and Domestick» (PabUk okkyorensiz bos forin end domestik) deb nomlangan ushbu gazetaning noshiri angliyalik muhojir Benyamin Harris bo'ldi. 0 ‘z yurtida ishlari yurishmagach, u 1686-yili oilasi bilan Bostonga safar qiladi. Aslida kitobfurush bo'Igan B. Harris Londonda noshirlik faoliyati bilan ham shug'ullanib, 1679-yili o'zining shaxsiy gazetasini chiqara boshlaydi. Ammo u paytlarda qirollik hokimiyati bosma nashrlar ustidan qat’iy nazorat o'rnatib, o'zi uchun nomaqbul noshirlar va jumalistlami ta’qib qilar edi.
«Pabiik okkyorensiz» 15x20 sm hajmdagi to‘rt betdan iborat gazeta bp'lib, so‘nggi beti bo‘sh qoldirilib chiqarildi. Bundan o'quvchining o‘zi bilgan yangiliklami qo'lda yozib, gazetani boshqalarga oshirishi ko'zda tutilgan edi. Gazetaning birinchi ustunida nashming maqsadi bayon etilgan bo'lib, unda noshir fuqarolarga ro‘y berayotgan voqealar to‘g‘risidagi bor haqiqatni aytishga, tarqatilayotgan turli yolg'on xabarlami «haqqoniy yangiliklar bilan davolash»ga va’da berdi. TJ, shuningdek, o‘quvchilami diniy yangiliklami, jumladan, Oliy Yaratuvchi haqidagi da’vatlami ham berib borishga ishontirdi. Chunki, markazi Bostonda joylashgan Massachusetsda va Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi boshqa mustamlaka hududlarida asosan puritanlar, ya’ni, umrini xristian dinining tozaligi yo'Iida baxshida etgan dindor aholi istiqomat qilardi. Gazeta ushbu qatlam manfaatlarini inobatga olmasdan iloji yo‘q edi.
Download 13.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling