Amerika matbuoti
Download 13.59 Kb.
|
BUNYODBEK AQSH
Xo'sh, «Pabiik okkyorensiz» nima uchun yopildi? Buning qator sabablari bor. Birinchisi — bu huquqiy muammolar bilan bog'liq: Ben Harris gazetani rasman litsenziya olmasdan chop etishga kirishgan. Bu esa Buyuk Britaniya qonunlariga zid edi. Bundan tashqari, 1662-yili Massachusets Bosh sudi litsenziyalashtirish haqidagi ingliz qonuniga binoan, bosmaxonalar faoliyatini cheklash maqsadida qabul qilgan rasmiy qaror ham gazetani yopishga asos bo'ldi. Ushbu qonun (ingliz-sakson huquq tizimida sud qarori qonun bilan tenglashtiriladi) mahalliy hukumatga bosma nashrlar ustidan keng miqyosda senzura o'matish va tarqatilayotgan adabiyotlami nazorat qilish huquqini berar edi. Shu boisdan ham, gubernatorning gazetani taqiqlash haqidagi farmonida aynan bitta sabab — uning litsenziyaga ega emasligi qayd etildi.
1694-yili Angliyada litsenziyalashtirish haqidagi qonun bekor qilinganidan so'ng, bosma materiallar mazmunini oldindan nazorat qilish amaliyoti, ya’ni senzura to'xtatildi. Buning aks-sadosi okean ortida ham eshitila boshladi. 1692-yili Shimoliy Amerika mustamlakalarida pochta xizmati rasman joriy qilindi. Yuzaga kelgan sharoit hududda gazeta chiqarish va tarqatishga keng imkoniyat yaratdi. 1704-yilning 24-aprelida pochta xizmatchisi Jon Kempbell Amerikaning birinchi davriy nashri «Boston News Letter» (Boston nyus letter)ni chop eta boshladi. J. Kempbell Boston pochta xizmatining boshlig'i bo'lib, ushbu lavozimga 1700-yilda qirollik tomonidan tayinlangan edi.
Download 13.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling