1776 yil yanvarida Tomas Peynning "Sog`lom fikr" nomli pamfleti 100 ming nusxada nashr etildi. Unda muallif mustamlakalarni Angtiyadan ajralib chiqishini asosli ekanligini isbotlashga urindi. Mustaqillik deklarasiyasini ishlab chiqish uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga Tomas Jefferson, Jon Adams, Bendjamin Franklin, Robert Livingston kirdilar. Asosan Jefferson tomonidan tuzilgan tarixchilar tomonidan “Mustaqillik dekloratsiyasi” deb atalgan, to`liq nomi esa : " 13 ta Amerika Qo`shma Shtatlarining yagona deklaratsiyasi"da shunday jumlalar mavjud edi:" Barcha odamlar o`zaro teng qilib yaratilgan va ularning barchasi teng huquqlarga ega bo`lishi kerak. Bunday huquqlar jumlasiga yashash, ozodlik va baxtga inlilish kiradi. Davlatni boshqarish, uni o`zgartirish yoki yo`q qilish bu xalqning huquqidir". Tarixda birinchi marta rasmiy hujjatda xalq suvereniteti g`oyasi shakllandi va 1776 yil 4 iyulda qabul qilingan deklaratsiya mustaqil Amerika Qo`shma Shtatlarini tashkil topganligini e`lon qildi. Deklaratsiyada AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham ko`rsatildi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" ikkinchi kontinental kongressi tomonidan e`lon qilingach, butun tun gulxanlar yoqilib, qo`ng`iroqlar jarangladi. Xalq deklarasiyani juda jo`shqnlik bilan kutib oldi. Deklaratsiyada AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham ko`rsatildi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" ikkinchi kontinental kongressi tomonidan e`lon qilingach, butun tun gulxanlar yoqilib, qo`ng`iroqlar jarangladi. Xalq deklarasiyani juda jo`shqnlik bilan kutib oldi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" XVIII asr oxirlaridagi fransuz burjua inqilobining "Inson va fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi" uchun namuna vazifasini o`tadi. XVIII asr deklaratsiyasida inson huquqlarining abadiyligi e`lon qilindi. Abadiy huquqlar dcganda burjua huquqlari nazarda tutildi. O`z davri uchun bu ilg`or va o`ta muhim hujjal edi. Deklaratsiya mustamlakachi ekspluatorlarga, feodal munosabalarning qoldi`lariga qarshi kurash e`lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |